Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi professor-o’qituvchilari va Innovatsiya vazirligi huzuridagi Ilg’or texnologiyalar markazi xodimlari o’rtasidagi hamkorlik aloqalari

21.05.2019, 16:22 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2124

Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi  profeesor o’qituvchilari professori To’laganov A.A va kafedra assistenti Ramazonova Kamola “Ilg’or texnologiyalar markazi”da  Sanoat farmatsiya yo’nalishi 402 B guruh talabalariga “Dori vositalarini ishlab chiqarish validatsiyasi” fanidan labaratoriya mashg’ulotlarini olib bordi.

Ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tijoratlashtirish va trasnfe­ri borasida tubdan yangi yondashish – Markazning asosiy xususiyati hi­sob­lanadi. Markazning maqsadlari istiqbolli gʻoyalar va innovatsion ishlan­ma­larni shakllantirishga yordam berish, shuningdek, uskunalar va infratu­zil­mani almashish orqali yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni kompleks qoʻllab-quvvatlashdir. Markaz tadqiqot va innovatsiyalar sohasida yuqori standartlarni qoʻllashda yetakchilik qilishni maqsad qilgan. Mamlakatni innovatsion ekotizimini rivojlantirish va yangi “innovatsion fikrlovchi“ yoshlarni tayyorlashni, shu jumladan, fan sohasida gender tengligini qoʻllab-quvvatlashni taʼminlashda texnologik maydoncha boʻlib xizmat qiladi.

Markazining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:

  • fundamental, amaliy ilmiy tadqiqotlarni va ilgʻor texnologiyalar sohasida innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish;
  • maqsadli ilmiy-texnik va innovatsiya dasturlarini amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot va rivojlantirish tuzilmalarni tashkil etishga koʻmaklashish;
  • ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni va ilgʻor texnologiyalarni ishlab chiqish, modellashtirishda, maketlashtirishda,yangi innovatsion mahsulotlar tayyorlash va ularni sinovdan oʻtkazishda qatnashish; akademik, OTM va sanoat sohalarida ilm-fan bilan samarali hamkorlik qilish;
  • yangi istiqbolli gʻoyalar va ishlanmalarni shakllantirishga koʻmaklashish;
  • yoshlarning zamonaviy tadqiqot usullarini oʻrganishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ilmiy tajribaga axborot texnologiyalari imkoniyatlarini joriy etish, xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash.

     

Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi