Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti, Toksikologik kimyo, Organik va biologik kimyo kafedralarining professor-o‘qituvchilari 2-jahon urushi qatnashchisi Evgeniy Leontevich xonadoniga tashrifi

07.05.2019, 17:18 Yangiliklar 2101

2019 yilning 6 may kuni Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi, Toksikologik kimyo, Organik va biologik kimyo kafedrasi professor-o‘qituvchilari Toshkent shahar, Mirobod tumani, A.Fitrat mahallasi faollari bilan birgalikda Talimarjon ko‘chasi 22/1/7- xonadonda  yashovchi 2-jahon urushi qatnashchisi 1924 yilda tug‘ilgan Evgeniy Leontevich Gadatskiyning xonadoniga 9-may Xotira va qadrlash kuni arafasida bayram tuhfalari bilan tashrif buyurishdi. Evgeniy Leontevich xonadonida uning oila a’zolari, farzandlari, nabiralari va qo‘shnilar kutib olishdi. Kafedralar kelishilgan holda veteranga bir buket gul, oziq-ovqat mahsulotlari berishdi. Evgeniy Leontevich va uning oila a’zolari Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklardan xursand bo‘lishdi,  hamda Toshkent farmatsevtika instituti rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

     

Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi