“Kitob aksiyasi ”

04.05.2019, 12:14 Yangiliklar 2146

“Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishni oshirish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2019 yil 19-martda o’tkazilgan videoselektor majlisining 12-sonli bayon qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 23 apreldagi 8-8-8/534-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 3 may kuni Toshkent farmatsevtika instituti rahbariyati, yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo’lim bishlig’i N.X.Ashurova hamda farmokognoziya kafedrasining ma’naviyatga mas’ul o’qituvchisi Otamuradova Nafisa,kafedra assistenti Hudayorova Sohiba Yunusobod tumanida joylashgan 86-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurib o‘quvchilarga turli hil badiiy asarlar to‘plamini taqdim etdilar. Shu bilan birga o‘quvchilarni kitobxonlikga jalb etish maqsadida ular bilan davra suhbati tashkil etdilar. Shuni ta’kidlashimiz joizki institutimiz rahbaryati yana Shayhontohur tumanida joylashgan 254-sonli, Yunusobod tumanida joylashgan 274-sonli, Yashnobod tumanida joylashgan 61-sonli, maktablarga ham tashrif buyurib “kitob challenge”ga o’z hissalarini qo’shdilar.
Bolajonlarga quvonch ulashayotgan “Kitob aksiyasi” respublakamizning barcha hududlarida davom etmoqda.
E’tiborlisi, bu tashabbus ta’lim muassasalari kutubxonalarining minglab adabiyotlar bilan boyishi, pirovardida yosh avlodning o‘zbek va jahon adabiyotiga bo‘lgan qiziqishini oshirmoqda.

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova