Dori vositalarining sanoat texnologiyasi kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan Talabalar turar joyida “Kafedra kuni” o‘tkazildi

26.04.2019, 18:18 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2219

2019 yil 25  aprel kuni DVST kafedrasi professor-o‘qituvchilari Talabalar turar joyida reja asosida kafedra kuni o‘tkazish bo‘yicha ishlar tashkil etildi. Tadbirda kafedra mudiri professor V.R.Xaydarov rahbarligida kafedraning barcha professor o‘qituvchilari qatnashdi. Ular hafta davomida talabalar turar joyida shu kafedraga biriktirilgan 3 qavat 101-108 xonalarda yashovchi talaba qizlarni yashash sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar va ular bilan institut qonun-qoidalariga rioya qilish, odob–axloq, elektr va gaz ta’minotlaridan to‘g‘ri foydalanish, institut mulkini asrash, avaylash, kiyinish madaniyati haqida suxbat o‘tkazdilar. Kafedra kunini o‘tkazishda ma’naviy ma’rifiy mavzu sifatida ularning milliy axloqiy tarbiyasini oshirish maqsadida talabalar bilan “Ulug‘ saltanatning adolat ustuni” deb nomlangan mavzuda buyuk bobokalonimiz Amir Temur tavalludi munosabati bilan kafedra kunini o‘tkazdilar.

Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligi, ma’naviyati o‘zining salohiyati, mazmuni, tarbiyaviy kuchi va ta’siri bilan xalqimiz tarixida alohida o‘rin tutadi.

            Amir Temur hayoti va faoliyatini yorituvchi asosiy tarixiy manbalar benihoya ko‘p va xilma-xil bo‘lib, bu uning nomi, jahon tarixidagi roli beqiyos ekanligi va g‘oyat mashhurligidan dalolat beradi. Amir Temur tarixda mohir diplomat va davlatlar o‘rtasida yaxshi munosabatlarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy aloqalarini yo‘lga qo‘yish tarafdori sifatida chuqur iz qoldirdi. U Yevropa va Osiyo o‘rtasida o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirdi. Sohibqiron dunyoning turli mamlakatlari bilan aloqalar o‘rnatdi: bir tarafdan – Xitoy, Hindiston, ikkinchi tarafdan – Fransiya, Angliya, shuningdek, Usmonlilar imperiyasi, Ispaniya, Italiya, Misr va boshqa davlatlar.

            Amir Temur o‘z sifsatida  madaniyat, obodonchilik, hunarmandchilik homiysi bo‘lib tanildi. O‘z siyosati bilan madaniy yuksalishga va turkiy tilning rivojiga keng yo‘l ochib, nafaqat Markaziy Osiyoning madaniy-ma’naviy olamida, balki butun musulmon olami tarixida o‘chmas iz qoldirdi va so‘nggi rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

Harbiy, tarixchi va mutaxassislar buyuk sarkarda, har tomonlama kuchli va markazlashgan davlat asoschisi Sohibqiron Amir Temur jahon harbiy san’ati rivojiga salmoqli hissa qo‘shganini haqli ravishda e’tirof etish mumkin.

Amir Temur ilm-fan, ma’naviyat ahliga e’tibor, mehribonlik ko‘rsatib, ulardan jamiyat madaniy hayotida foydalanishga intilar ekan, tarixchi Ibn Arabshoh yozganidek, “Temur olimlarga mehribon, sayyidu shariflarni o‘ziga yaqin tutar edi. Ulamo va fuzaloga to‘la izzat-hurmat ko‘rsatib, ularni har qanday odamdan tamom muqaddam ko‘rardi.

            Ularning har birini o‘z martabasiga qo‘yib, izzatu ikromini unga izhor qilardi”.
Manbalarda sohibqiron Amir Temur — yorqin xislatlarga ega ekanligi, xotirasi o‘tkir, shijoatli va qatiyatli, birso‘zli, zo‘r ruhiy qudrat egasi, salobatli inson sifatida ta’riflanadi.
Amir Temurning Osiyo, umuman jahon tarixidagi xizmatlari va tutgan o‘rni haqida xul osa qilib, quyidagilarni ta’kidlab o‘tish joizdir: Amir Temur Markaziy Osiyoni mo‘g‘ullar iskanjasidan ozod etishda barcha yurtparvar kuchlarni uyushtirib, ularni mustaqillik uchun kurashga yo‘naltirgan yetakchi rahbar, yerli xalqning bu sohadagi orzu-umidlarini ro‘yobga chiqishiga ulkan hissa qo‘shgan sarkardadir. So‘nggi yillarda Amir Temur va uning davrini o‘rganishga bag‘ishlangan qator manbalar, kitoblar, nashr etildi.

            Tadbir davomida talaba qizlar Amir Temurning boy tarixiy merosini o‘rganish yuzasidan ko‘plab ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

DVST kafedra mudiri, prof.                                                             V.R.Xaydarov

   TTJ bo‘yicha ma’sul                                                                         Z.X.Zufarova