Elsevier kompaniyasining mintaqaviy direktori Igor Anatolevich Nikitin, Elsevier Yevropadagi direktori Jamie Elson tomonidan CinicalKey tizimidan foydalanuvchilarga trening o‘tkazildi

17.04.2019, 14:34 Yangiliklar 2382

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017  yil 20 apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi , 2017 yil 5 maydagi  PQ-2956 sonli  “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’limni yanada isloh qilish” chora tadbirlari to‘g‘risidagi”, 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 fevraldagi    PQ-3532-sonli “Farmasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Toshkent farmasevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi hodimlari Toshkent Davlat Stomatologiya Univesitetida Elsevier kompaniyasining mintaqaviy direktori Igor Anatolevich Nikitin, Elsevier Yevropadagi direktori Jamie Elson va Elsevier Lais Junqueira tomonidan CinicalKey tizimidan faol foydalanuvchilarga trening o‘tkazilishi borasida seminar olib borildi.

Elsevier kompaniyasining ClinicalKey platformasi shifokorlar uchun dalillarga asoslangan tibbiy ma’lumotlarni o‘zida saqlagan jahon miqyosidagi yetakchilardan biri hisoblanadi. Mazkur memorandum doirasidagi ishlarni amalga oshirish yuzasidan mamlakatimizdagi akkauntlar ochilgan 100 nafar shifokorga platformadan foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompaniyaning mintaqaviy direktori Igor Nikitin joriy yilning 4-6 fevral kunlari poytaxtimizda bo‘lib, CinicalKey tizimidan foydalanuvchi shifokorlarga trening va tadbirlar o‘tkazdi. Bunday treninglarni tashkil etish esa shifokorlar faoliyati uchun juda muhimdir

2019 yilning 15 aprelida shu tizim asosida bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan 100 nafar shifokorlarning orasidan mazkur platformaning eng faol foydalanuvchilari xorijiy mutaxassislar tomonidan ajratib olindi hamda ular uchun xorijiy mutaxassis – Elsevier kompaniyasining bemorlar xavfsizligi va sifati bo‘yicha direktori Lais Junkeyra boshchiligida platformadan foydalanishda uning o‘ziga xos xususiyatlari, nozik qirralari va asosiy jihatlari bo‘yicha maxsus seminar va mahorat darsi o‘tkazildi. Ushbu seminar va mahorat darslarida eng faol shifokorlarimiz o‘zlarini qiziqtirgan va o‘z yechimini kutayotgan ko‘plab savollarga javob olishdi.

Toshkent farmasevtika institutining farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasining hodimlari Sultanova R.X. CinicalKey sistemasidan foydalanish imkoniga ega bo‘lib, bu sistemaning ahamiyati va ishlatilishdagi imkoniyatlari bo‘yicha ma’ruza va treningda qatnashildi. Bu sistema orqali kerakli klinik axborotlarini turli vaqtda, har qanday qurilmadan bir zumda ma’lumotlarni topish va ilmiy-uquv jarayonda foydalanishga imkon beradi. Chunki to‘g‘ri va isbotlangan tibbiyot Toshkent farmasevtika instituti talabalarini ilmiy salohiyatni rivojlanishiga zamin yaratadi. Bu sistemaning ma’lumotlarini yangi dori vositalarning izlanishida solishtirishda ishlatish yanada  qo‘l keladi.

Tashrif davomida Elsevier kompaniyasining bemorlar xavfsizligi va sifati bo‘yicha direktori Lais Junkeyra ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda shifokorlar, ilmiy xodimlar va magistr darajasidagi tibbiyot talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, platformadan foydalanish qoidalari, amaliyotga qo‘llash usullari, uning afzalliklari bo‘yicha yetarlicha ma’lumot berildi.

     

     

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi