Yaponiya yoshlar o’rtasida eng yaxshi insho xalqaro tanlovini e’lon qiladi

16.04.2019, 13:56 E'lonlar 2511

Yaponiyaning Ta’lim, madaniyat, sport, fan va texnologiya vazirligi va YuNESKOning Milliy Komissiyasi ko’magida Yaponiyaning «Goi Tinchlik Jamg’armasi» (The Goi Peace Foundation)  yoshlar orasida «Creating a Society Full of Kindness» mavzusidagi eng yaxshi insho uchun xalqaro tanlov o’tkazmoqda. Tanlovning maqsadi yoshlarning o’z g’oyalari, ijodkorligi va tinchlik va barqaror rivojlanishni qo’llab-quvvatlash borasidagi tashabbuslari haqida so’zlab berish imkoniyatlarini taqdim etishdan iborat. Tanlovda o’quvchilar (14 yoshgacha) va yoshlar (15 yoshdan 25 yosh) 5 ta (ingliz, frantsuz, ispan, nemis yoki yapon) tillarining birida yuqorida ko’rsatilgan mavzudagi insholari (700 tagacha so’z) bilan ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovning bosh sovrini: 100 ming yen (900 dollarga yaqin) va 2019 yil 31-oktabr kuni taqdirlash marosimida ishtirok etish uchun Yaponiyaga safar.

Ishni onlayn tarzda topshirishning oxirgi muddati 2018 yil 15 iyun Xalqaro sayyohlik tanlovi tashkilotchilari manziliga -Goi Peace Foundation 1-4-5 Hirakawacho, Chiyoda-ku, Tokiyo 102-0093 Yaponiya, yoki www.goipeace.or.jp va e-mail: essay@goipeace.or.jp

Tanlov haqida batafsil ma’lumotni https://www.goipeace.or.jp/en/work/essay-contest/ saytida topishingiz mumkin.

Xalqaro hamkorlik bo’limi