Institutimizning iqtidorli talabalari

03.04.2019, 11:41 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2006

Yoshlar har bir mamlakatning ertangi kuni, jamiyatda o‘zgarishlarga sabab bo‘ladigan, bunyodkorlik g‘oyalarini hayotga tatbiq etuvchi muhim kuch, salohiyatli resurs hisoblanadi. Bugungi kunda yurtimizda yoshlar uchun ko‘plab qulayliklar, shart-sharoitlar yaratilgan. Toshkent farmatsevtika institutida ham iqtidorli yoshlar talaygina bo‘lib ular o‘z iqtidorlarini yana bir bor namoyon etish maqsadida 2019 yil 2 aprel kuni “Yoshlar” telekanalining “Yangi kun” dasturida ishtirok etdilar. Toshkent farmasevtika institutining kasbiy ta’lim yo‘nalishi 5-kurs 501-A guruh talabasi, “Ibn Sino” stipendiyasi sohibasi Shahodat Fayzullaeva “Itburun,namatak mevasi, qumloq bo‘znochi guli va makkajo‘xori popugidan”   o‘t haydovchi yig‘ma tayyorlash usulini ko‘rsatib berdi.

Shuningdek Toshkent farmatsevtika institutining 5- kurs farmatsiya fakulteti talabasi “Islom Karimov” nomidagi davlat stipendiyasi  sohibasi Abduxaliqova Nargiza “Dolchin va asaldan” immunitet ko‘taruvchi foydali yig‘ma tayyorlashni ko‘rsatib berdi.

     

     

Institut matbuot kotibi  N.L.Usmanova