Inom Majidov o‘zi tahsil olgan fizika-matematika maktab-internatiga kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.

28.03.2019, 08:31 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2121

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov O‘zbekiston Milliy universitetining Sirojiddinov nomidagi akademik litseyiga o‘z shaxsiy kutubxonasi hamda yangi chop etilgan kitoblardan to‘plam sovg‘a qildi.

Vazir o‘zi ta’lim olgan maskanda o‘quvchilar bilan samimiy suhbatlashib, ularga insonning ma’naviy kamolotida kitobning tutgan o‘rni, kitob bilan do‘st tutingan o‘quvchi yomon yo‘lga kirmasligi haqida hayotiy tajribasidan kelib chiqib so‘zlab  berdi.

Shuningdek, Inom Majidov o‘quvchilar bilan suhbatdan ularga taqdim qilgan o‘zbek va jahon adabiyotining nodir asarlarini tanishtirib, bo‘sh vaqtlarida albatta mutolaa qilishni tavsiya qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan boshlangan ushbu xayrli aksiyada jamiyatning ilg‘or qatlami sifatida oliy ta’lim tizimidagi ziyolilar faol ishtirok etmoqda. Oliy ta’lim muassasalari rektorlari, prorektorlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar shaxsiy namuna ko‘rsatgan holda, kitobxonlik targ‘ibotida bevosita qatnashmoqda..

Edu.uz

Institut matbuot  kotibi N.L.Usmanova