“Toshkent farmatsevtika institutida malakali kadrlar tayyorlashda amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

26.03.2019, 17:00 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2333

Sog‘liqni saqlash sohasi har bir inson hayotiga bevosita dahldor. Shu bois so‘nggi yillarda tizimni isloh etish borasida qator muhim hujjatlar qabul qilinib, ular ijrosiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Farmatsevtika sohasida ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 fevraldagi “Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-3532-sonli,  2017 yildagi “Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3137-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida  ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Toshkent farmatsevtika institutida ham bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumotlarni taqdim etish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 9 fevraldagi 137-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 26 mart kuni soat 14-00 da Toshkent farmatsevtika institutida matbuot anjumani tashkil etildi. Anjumanda institut rektori I.I.Alimdjanov “Toshkent farmatsevtika institutida malakali kadrlar tayyorlashda amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida OAV vakillariga ma’lumotlar taqdim etdi:

Toshkent farmatsevtika institutida o‘quv dasturlari xalqaro miqyosdagi rivojlantirilgan davlat dasturlariga moslashtirilgan holda tuzilgan, o‘qitiladigan fanlarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kafedralar soni 14 tadan 18 taga yetkazilgan, ilg‘or xorijiy oliy ta’lim muassasalarining tajribasi, iste’molchilarning talablari asosida har bir ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejalari, fan dasturlari va malaka talablari qayta ishlab chiqilib, o‘kuv rejalarga Rossiya, Koreya davlatlari ta’lim muassasalaridan ijobiy taqrizlar olishi, umumkasbiy va mutaxassislik fanlari dars jarayoni sikl ko‘rinishida tashkil etilgan.

Ilmiy sohada yillarda Toshkent farmatsevtika institutida xalqaro hamkorlik aloqalari bo‘yicha imzolangan memorandumlar soni 33 taga yetdi. 2018 yilning 19 oktabr kuni rektorlar forumi jarayonida Toshkent farmasevtika institutiga Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmasevtika universiteti rektori Narkevich Igor Anatolevichni tashrifi amalga oshirildi hamda hamkorlik memorandumi kelishildi va institutimiz rektori I.I.Alimdjanovning  2018 yil 19 noyabr kuni Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmasevtika universitetiga tashrifi chog‘ida mazkur kelishilgan memorandum imzolandi. Kelishuv shartnomasiga ko‘ra  har oyda reja asosida Sankt-Peterburg davlat kimyo-farmasevtika universiteti professor-o‘qituvchilari bilan Toshkent farmasevtika instituti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari o‘rtasida onlayn ma’ruzalar o‘tkazilmoqda hamda TOShFARMI dan 4 nafar o‘qituvchi Sankt-Peterburg Kimyo-farmasevtika universitetiga malaka oshirishga yuborildi. Shu bilan bir qatorda yana ko‘plab davlatlar bilan xalqaro memorandumlar imzolangan bo‘lib 2018-2019 o‘quv yilida “El-yurt umidi” stipendiantlaridan  2 nafar o‘qituvchi Buyuk Britanya, 4 nafar o‘qituvchi ITEC dasturi bo‘yicha malaka oshirish, 7 nafar o‘qituvchi Xitoyga stajirovkaga  yuborildi. 15 nafar professor-o‘qituvchilar ilmiy amaliy konferensiya, seminar va forumlarda ishtirok etdilar. Shuningdek  8 nafar xorijiy professor-o‘qituvchi Toshkent farmasevtika institutida ma’ruza darslarini o‘tdi.2018-2019 o‘quv yilida 8 ta xorijiy delegatsiyalarning institutimizga tashrifi amalga oshirildi.

Toshkent farmatsevtika instutida ko‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari amalga oshirildi.

Institut rektori I.I.Alimdjanov yana ko‘plab ma’lumotlar hususida to‘xtalib o‘tdi. Mavzu yuzasidan OAV vakillari va institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalar I.I.Alimjanovga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojjat etib kerakli javoblarni oldilar.

Mazkur matbuot anjumanida UZA muxbirlari, “Yoshlar”,”Madaniyat” telekanallari  hamda  “Mahalla” va “Yoshlar” radiosi,“Xalq so‘zi” gazetasi muxbirlari ishtirok etdilar.

     

 

     

     

     

     

     

Institut matbuot  kotibi N.L.Usmanova