Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasida Farmakologiya fani bo‘yicha Talabalar Respublika fan Olimpiadasi 1 bosqichining o‘tkazildi

20.03.2019, 16:50 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2354

2019 yil 16 mart kuni Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasida Farmakologiya fani bo‘yicha Talabalar Respublika fan Olimpiadasi 1 bosqichining o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909 sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi, 2018-yil 14-fevral PQ-3532 sonli “Farmasevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi, 2017-yil 5-maydagi PQ 2956-sonli “O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’limni yanada isloh qilish” chora tadbirlari to‘g‘risidagi”, 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora–tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlarini ijrosini ta’minlash yuzasidan Toshkent farmasevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi tomonidan Farmakologiya fani bo‘yicha Talabalar Respublika fan Olimpiadasi 1 bosqichining o‘tkazildi.

 2018-2019 yilda farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi iqtidorli talabalar bilan tasdiqlangan rejaga binoan ish olib bormoqdalar. 2019 yil 16 mart kuni farmakologiya fanidan olimpiadani 1 bosqichi o‘tkazildi. Olimpiadani 1 bosqichida talabalar faol qatnashdilar. Ular tuzilgan variantlar bo‘yicha test, yozma va og‘zaki savollarga javob berdilar. 1 bosqich asosida talabalar og‘zaki savollarga bilet asosida javob berdilar, so‘ngra test savollari va retseptlarga yozma javob berishdi.

  

Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi