Ona tabiatni sevish va ardoqlash uchun barchamiz mas’ulmiz.

19.03.2019, 11:54 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2316

Ona tabiatni sevish va ardoqlash, hayot gultoji bo‘lmish insonni qadrlash, Vatanga muhabbat va sadoqat kabi ezgu g‘oyalarni o‘zida mujassam etgan Navro‘z  xalqimizning eng qadimiy, asl milliy bayramidir. Asrlar davomida el-yurtimizning oliyjanob orzu-intilishlarini ifoda etib kelayotgan Navro‘z mustaqillik yillarida yangicha ma’no-mazmunga ega bo‘lib, tom ma’noda umumxalq bayramiga aylandi.
Navro‘z bayramining beqiyos ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatini hisobga olib hamda ushbu qutlug‘ ayyomni yuksak saviyada nishonlash maqsadida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Yurtimizning barcha tumanlari, viloyatlar shuningdek tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalarida obodonlashtirish ishlari, xasharlar tashkil etildi. 2019 yil 17 mart kuni Toshkent farmasevtika institutida ham rahbar hodimlar, professor-o‘qituvchilar, ishchi hodimlar va talabalar ishtirokida xashar tashkil etildi. Unda institut hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga institut auditoriyalari talaba va o‘qituvchilar tomonidan tozalandi.

     

     

     

     

     

     

     

Institut  matbuot kotibi  N.L.Usmanova