Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti  kafedrasining kasb-hunar kollejlari bilan olib borayotgan hamkorlik ishlari

16.03.2019, 14:39 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2339

Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasining biriktirilgan kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik ishlari olib borildi. Xususan, Olmazor tibbiyot kollejining 221 va 223 guruh o‘quvchilari mart oyida institutga tashrif buyurib, Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi bilan tanishdilar. O‘quvchilarga  Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasida olib borilayotgan o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlari, institut talabalari bilan olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, institut tarixi, kafedrani tashkil etilishi, dori vositalarining sifatini ta’minlash haqida ma’lumotlar berildi. Kasbga yo‘naltirish suhbatlarini kafedra dotsentlari D.T.Gaibnazarova, I.M.Iminovalar olib bordilar. Shuningdek, kafedra assistentlari N.T.Vaxidova, M.K.Usmonova, Sh.X.Yuldasheva, B.S.Bekchanov, U.G’.Mustafaev, G.R.Zokirova guruh talabalariga turli xil videoroliklar namoyish etdilar.

Kafedra ass. K.R.Ramazonova kollej o‘quvchilariga “ Dori vositalarini tahlil qilishning fizik-kimyoviy usullari” mazusida ma’ruza o‘qidi.

Kafedra mudiri, dots. F.S.Jalilov, dots.M.B.Mavlyanova kollej o‘qituvchilari: U.B.Anarmetova, R.O‘.Axmedova, D.Tayirova, N.X.Yulbarsovaga zamonaviy pedagogok texnologiyalarning ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni olib borilishida qo‘llanilishi to‘g‘risida ma’ruza o‘qidilar.

Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi