Rossiya Federatsiyasining V.I.Razumovskiy nomidagi Saratov davlat tibbiyot universiteti dotsentining Toshkent farmatsevtika institutiga tashrifi
Toshkent farmatsevtika institutining DVST kafedrasi mudiri V.R.Xaydarov va professor—o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2909-sonli “OLIY TA’LIM TIZIMINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” gi qarorlarini muayyan darajada bajarish maqsadida Rossiya Federatsiyasining Saratov davlat tibbiyot universitetining “Farmatsevtik kimyo va biotexnologiya” kafedrasi dotsenti Fomina Yuliya Andreevna mahorat darslarini olib borish va o‘zaro tajriba almashinish uchun tashrif buyurdi.
Dotsent Yu.A.Fomina tomonidan 2019 yilning 12-15 mart kunlari DVST kafedrasi professor-o‘qituvchilari, sanoat farmatsiyasi va farmatsiya fakulteti talabalariga “Biofarmatsiya – texnologiyaning nazariy asosi” mavzusida ma’ruza darslarini olib bordi. Undan tashqari YU.A.Fomina institut faoliyati hamda DVSIM, ilmiy markazlar bilan yaqindan tanishdi.
Ma’lumot uchun: Yu.A.Fomina–kimyo fanlari doktori, Rossiya Federatsiyasining Saratov davlat tibbiyot universitetining kimyo fakultetini tamomlagan. 2016 o‘quv yilidan “Farmatsevtik kimyo va biotexnologiya” kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.
O‘zaro tajriba almashinish jarayonida “DVST” kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘zlariga kerakli bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va kelgusida har ikkala oliy ta’lim muassalari doimiy ravishda hamkorlik ishlarini olib borish to‘g‘risida kelishib oldilar.
М.Ш.Фозилжонова