«Biofaol moddalar texnologiyasi» fani bo‘yicha integral laboratoriya mashg‘uloti.

12.03.2019, 13:46 Yangiliklar 2536

Toshfarmi, Biotexnologiya kafedrasida «Biofaol moddalar texnologiyasi» fani bo‘yicha  Sanoat farmatsiyasi  yo‘nalishi 4 kurs, 407A  guruh talabalari uchun O‘zR FA O‘simlik moddalari kimyosi instituti tajriba-texnologiya laboratoriyasidtashkil etilgan integral laboratoriya mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Ta’lim va ilmiy tadqiqotlarning integratsiyasi yuzasidan Biotexnologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi N.A.Abzalova va O‘simlik moddalari kimyosi instituti yetakchi ilmiy hodimi, t.f.d. R.M.Xalilov tomonidan master-klass tashkil etildi. Tashrif davomida o‘simlik xom ashyosini ekstraksiya jarayoni, olingan biofaol moddalarni ajratib olish, xromatografiya usullarida tozalash, nutch-filtrda filtrlash, substansiyalarni quritish jarayonlari namoyish etildi. Mashg‘ulot davomida o‘zlashtirgan amaliy ko‘nikmalar yuzasidan qizg‘in muzokaralar olib borildi. Talabalarni qiziqtirgan savollari asosida savol-javob bo‘lib o‘tdi.

Biotexnologiya kafedrasi