“Kitob yarmarkasi”  bo‘lib o‘tdi.

11.03.2019, 16:38 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2691

Kitobni inson tafakkurining  qanotlariga o‘xshatishgan. Zero, tafakkuri, fikr doirasi keng, ma’rifatli kishilar jamiyatning chinakkam boyligidir. Aksincha, hayotda  ro‘y berib turadigan ayrim noxushliklar ildizi esa ma’rifatsizlik, kitob o‘qimaslikning achchiq mevasidir.  Temirni zang kemirganidek, odamni ham ma’naviyatsizlik yo’q qiladi. Ma’naviyat esa insonga kitob o‘qish orqali yuqadi.

Har qanday  yangilik ham bir kun eskiradi. Biroq insoniyatning  ming-ming yillar davomida qo‘lga kiritgan aqliy hamda fikriy durdonalarini o‘zida jamlagan kitoblar aslo eskirmaydi. Binobarin, kitob-hamisha ilm-ma’rifat, odob-ahloq manbai bo‘lib kelgan. Bugungi kunda yosh avlodni milliy qadriyatlar  ruhida  tarbiyalashda ham kitobdan ko‘ra foydaliroq  vosita yo‘q. Shu o‘rinda  2019 yil 11 mart kuni Toshkent farmasevtika institutida “Kitob yarmarkasi” tashkil etildi. Yarmarkada turli hildagi kitoblar jamlanmasi namoyish  etildi va talabalar o’zlariga yoqgan yangi badiiy asarlarni harid qildilar.

     

     

Institut  matbuot  kotibi  N.L.Usmanova