G’iybatchilar orasida qanday ishlash kerak?

05.03.2019, 16:55 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2316

Kuni kecha shunday savol yozilgan xat oldim: “Assalomu alaykum. Mening ishxonamda shunday muammo bor. Hamkasblarim doimo g‘iybat qilishadi, jumladan men haqimda xam. Bunday jamoada qanday ishlash mumkin? Ishdan bo‘shashni xam xoxlamayman”. Eng  avvalo shuni bilish kerakki, barcha g‘iybatchilar xam xavfli emas. Psixologiyada g‘iybatchilarning 3 turi mavjud.

Bilag‘onlar-o‘ychilar

Ular kimnidur kamsitish yoki birovga zarar yetkazish maqsadida bo‘lmaydilar. Ularning odatiy muloqot usuli-ishhonada ro‘y berayotgan barcha xodisalar to‘g‘risida o‘ylash.Bunday g‘iybatchilar nafaqat xavfsiz, balki foydali xamdir.chunki ular umumiy psixologik bosimni yengillashtirishga yordam beradilar.

Doimo noshukr, ishonchsiz 

Bunday insonlar faqat rahm-shafqat xissini uyg‘otadilar.Ular o‘zini shaxs sifatida ko‘rishlari shunchalar qiyinki, o‘zlarini maqtash uchun boshqalarni yerga urishga xam tayyor bo‘ladilar.Ularning omadsizliklarida barcha aybdor, ota-onalari, hamkasblaridan tortib davlat va xayotning adolatsizligi bilan tugaydi.Xasad-ularni ma’naviy osoyishtalikdan uzoqlashtirayotgan asosiy sifatlari xisoblanadi.Ular boshqalar haqida shunchalar ko‘p yomon gaplar so‘zlashadiki, hamkasblari ularni jiddiy qabul qilmay xam qo‘yadi.Bunday insonlardan foyda xam aytarli zarar xam yo‘q.

Xurmatli insonlar 

Agar xurmatga ega inson g‘iybatlashishni boshlagan bo‘lsa – bezovta bo‘lishga arzirli masala.U sizning yutuqlaringizni shubxa ostiga qo‘yib, sizning obro‘yingizga putur yetkazib qo‘yishi mumkin.

G‘iybatchini qanday qilib oldindan aniqlash mumkin?

Ogohlantirilgan bo‘lsa demak ximoyaga tayyor.Keling g‘iybatchilar o‘zlarini qanday tutishlarini bilib olamiz.

Doimo xammaga o‘zlarini loyihalari eng yaxshisi va kompaniya uchun eng foydali ekanini isbotlashga urinadilar. Qanchalik mehnatsevar ekanilarini eslatishni  unutmagan xolda,o‘zlarini ishlarini ko‘z-ko‘z qilishni yoqtiradilar.

Xamkasblarining barcha ayblarini kuzatib yurib, rahbariyatga yetkazishadi.Ko‘pincha nafaqat g‘iybat,balki taxdid xam qilishadi.

“Bor…o‘sha buxgalteriyangga!”. Ular ishini ustasi emas, lekin o‘ta faol jamoatchilar: rahbariyat bilan  yaxshi munosabatda bo‘lishadi, boshqaraga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarin rahbariyatga yetkazishni yaxshi ko‘radilar. Shu bilan birga yolg‘on ishlatib, o‘zlarini boshqalar uchun qayg‘urayotgandek tutishadi.O‘zlarini ximoya qilish maqsadida o‘zlarini to‘satdan xabar topgandek tutishadi.

G‘iybatlardan qanday himoyalanish mumkin?

Agar siz xaqingizda g‘iybat qilishmayotgan bo‘lsalar, oldindan o‘zingizni ximoyalab qo‘ying.

Hamkasblaringiz xaqida o‘zining yuziga aytishga botinolmagan narsalaringizni gapirmang. Aks xolda gaplaringiz ularga o‘zgargan xolda yetib borishi mumkin.

O‘zingiz xaqingizda ortiqcha narsalarni gapirmang. Masalan maoshi kam xamkasblaringiz oldida qimmatbaxo mashina, uy, texnikalarni xaridi to‘g‘risida gapirmang. Sog‘lig‘i bilan muammosi bor xamkasblaringiz oldida tog‘larga chiqqaningiz, sayrga borganingiz, musobaqalarda qatnashganinigiz to‘g‘risida gapirmang. Shaxsiy xayoti omadsiz kechayotgan insonlarga o‘zingizni juftingiz bilan aloqalaringiz xaqida gaplashmang.Shuningdek o‘zingizni ishdagi qilgan xatolaringiz xaqida xam gapirmang.

Shubxali g‘iybatchilarni kuzatib yuring.Yaxshi niyatli ko‘ringan, yoqimtoy inson xam g‘iybatchi bo‘lib chiqishi mumkin. Bundaylar g‘iybatni biror maqsad bilan tarqatishlari mumkin- masalan sizni joyingizni egallamoqchi bo‘lib yoki sevgi sabali o‘ch olmoqchi bo‘lib (siz unga bee’tibor bo‘lsangiz)

Hamkasblaringiz sizni g‘iybat qilishni boshlashgan bo‘lsalar nima qilish kerak?

Ulardan xafa bo‘lmang.Xafagarchiligingiz bilan ularning axmoqona yelg‘onlarini xaqiqat xisoblashlariga zamin yaratib berishingiz mumkin. To‘g‘rirog‘i g‘iybatlarga imkon bermang, g‘iybatlarni tarqatmang, “o‘zingiz xaqingizdagi xikoyalar”ga yumor bilan qarang.

G‘iybatchilarni koyimang. “Doimo noshukr, ishonchsiz” turdagi g‘iybatchilar bu yomon ishni qilishlariga sabab – ularga e’tibor yetishmaydi.Va ular bunday yo‘l tutishga majburlar.Bu kasallikning bir ko‘rinishi, bemorlarni ayblash mumkinmi?

“Xurmatli insonlar” turidagi g‘iybatchilar o‘zlarini g‘araz maqsadlarini amalga oshirish uchun g‘iybat qilishadi.Masalan sizning ishdan xaydalishingiz, sizni jamoadan uzoqlashtirish va boshqa  maqsadlarda.

Ularni xulq-atforini taxlil qilish. Masalan siz qimmmatbaxo mashina sotib oldingiz yoki sizni lavozimingizni ko‘tardilar.Endi gap-so‘zlar qiziqishga o‘tib ketmasligini oldini olish zarur.

Qartalarni ochish. Bu xammaning xam qo‘lidan kelmaydi lekin barcha “qiziquvchilarni” yig‘ib, ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob berish. Sizga savollar berishlarini so‘rab, ularga javob bering.

Shuningdek g‘iybatchi bilan yolg‘iz suhbat qilishingiz mumkin. Yuzma-yuz gaplashib olish guruh bilan suxbatlashishdan ko‘ra foydaliroq.Chunki bir biringizga nisbatan ochiqroq bo‘lish imkonini beradi, ziddiyatning asl sababaiin aniqlashga yordam beradi. Ba’zan do‘stlashib olishingiz xam mumkin bo‘ladi. Eng muximi-o‘zingizni odobli, ishonchli, xurmatli  tuting. Ma’lumotni qaerdan olganingiz xaqida gapirish shart emas. Taxminan shunday deng: “Menga ma’lum bo‘lishicha, meni topsh-tutishim sizni qiziqtirar ekan”. Keyinchalik g‘iybatlaring kelib chiqishini oldini olish maqsadida albatta aytib o‘ting:”Siz bilan bu mavzuni muxokama qilib olganimizdan xursandman. Keyinchalik biror savolingiz tug‘ilib qolsa, o‘zimga murojaat qilavering.

Institut  matbuot  kotibi  N.L.Usmanova