E’LON! 21 mart “Navro‘z” bayrami munosabati bilan kurslar kesimida “Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarga sodiq farzandlarmiz” shiori ostida tanlov joriy etildi.
Hurmatli talabalar institut miqyosida 21 mart “Navro‘z” bayrami munosabati bilan kurslar kesimida “Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarga sodiq farzandlarmiz” shiori ostida tanlov joriy etildi. Mazkur tanlov 2019 yil 15-30 mart kunlari oralig‘ida o‘tkazilishi rejalashtirildi. Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi
- Tanishtiruv (guruhlarning ramziy belgisi asosida);
- “Milliy libos-millat ko‘zgusi” mavzularini yoritish (viloyatlarning milliy liboslari tahlil etiladi);
- “Xalq-qo‘shiqlaridan namunalar (yoki raqs)”
- “Milliy urf-odatlarning yoshlar hayotidagi o‘rni (saxna ko‘rinishi)
- Savol-javoblar
Tanlov g’oliblari aprel oyining 10 kunligida aiqlanadi va institut rektorining buyrug‘i asosida g‘olib jamoa qimmatbaho sovg‘alar va ma’naviy rag‘batlantiriladi.