E’LON! 21 mart “Navro‘z” bayrami munosabati bilan kurslar kesimida “Milliy  urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarga sodiq farzandlarmiz” shiori ostida tanlov joriy etildi.

04.03.2019, 17:49 E'lonlar 2458

Hurmatli talabalar institut miqyosida 21 mart “Navro‘z” bayrami munosabati bilan kurslar kesimida “Milliy  urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarga sodiq farzandlarmiz” shiori ostida tanlov joriy etildi. Mazkur tanlov 2019 yil 15-30 mart kunlari oralig‘ida o‘tkazilishi rejalashtirildi. Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi

  • Tanishtiruv (guruhlarning ramziy belgisi asosida);
  • “Milliy libos-millat ko‘zgusi” mavzularini yoritish (viloyatlarning milliy liboslari tahlil etiladi);
  • “Xalq-qo‘shiqlaridan namunalar (yoki raqs)”
  • “Milliy urf-odatlarning yoshlar hayotidagi o‘rni (saxna ko‘rinishi)
  • Savol-javoblar

Tanlov g’oliblari aprel oyining  10  kunligida aiqlanadi va institut rektorining buyrug‘i asosida g‘olib jamoa qimmatbaho sovg‘alar va ma’naviy rag‘batlantiriladi.