Toshkent farmatsevtika institutiga Xitoyning «Beizhong Yilin Pharm Tech Co.Ltd» kompaniyasi tijorat direktori va direktor o’rinbo’sari tashrif buyurdi.

25.02.2019, 09:03 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2578

2019 yil 19 fevral kuni Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi Toshkent farmatsevtika institutiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda Xitoyning «Beizhong Yilin Pharm Tech Co.Ltd» kompaniyasi tijorat direktori Hu Xiujuan, direktor o’rinbo’sari Zhang Veyxuan bilan Gulinur Abdullaeva, shuningdek Toshkent farmatsevtika instituti rektori, professor I.I.Alimjanov, o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor Z.A.Yuldashev, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor N.S.Normaxamatov, xamda o’quv-uslubiy bo’lim boshlig‘i N.A.Abzalova, farmakognoziya kafedrasi mudiri F.F.O’rmonova, farmatsevtik kimyo kafedrasi mudiri X.Q.Olimov va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i A.E.Abdullaeva ishtirok etishdi.

Delegatsiya tashrifining asosiy maqsadi xodimlarning ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-tadqiqot va amaliy dasturlar doirasida o’quv jarayonini takomillashtirish, tajriba almashish va farmatsevtika sohasida an’anaviy tibbiyotni joriy etishga qaratilgan ikki tomonlama xalqaro hamkorlikni chuqurlashtirishdir.

Hamkorlik uchrashuvi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida” 2909 sonli qarori, 2018-yil 7-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar to’g’risida” gi 5590-sonli farmoni, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 3775-sonli qarori asosida o’tkazildi.

Uzoq muddatli va o’zaro manfaatli hamkorlik quyidagilarni o’z ichiga oladi:

I) O’quv va amaliyot faoliyatida:

– o’qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash (seminarlar, treninglar, qayta tayyorlash va malakasini oshirish dasturlari) dasturlarini rivojlantirish, professor-o’qituvchilar uchun uzoq muddatli va qisqa muddatli tayyorlov kurslarini tashkil etish;

– ilmiy va o’quv jarayonida ishtirok etish uchun sanoat korxonalari vakillarini jalb qilish; ta’lim va ishlab chiqarish tarmoqlarining integratsiyalashuvini ta’minlash;

II) Tadqiqot faoliyatida:

 – hamkorlikdagi seminarlar, simpoziumlar, masofadan turib o’qitish kurslari, onlayn ma’ruzalar va seminarlar, ilmiy konferensiyalar va musobaqalar tashkil etish;

– o’zaro maslahatlashuvlar, resurslar va axborotni qo’llab-quvvatlash;

– o’quv va ishlab chiqarish modullari uchun zamonaviy farmatsevtika uskunalari bilan texnik va moddiy ta’minlanishda yordam berish;

– O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar to’g’risida” gi 5590-sonli farmonini amalga oshirish maqsadida an’anaviy tibbiyotning birgalikdagi markazini tashkil etish;

Muzokaralar yakunida Toshkent farmatsevtika instituti va JIANGXI nomidagi an’anaviy xitoy tibbiy universiteti bilan kelgusidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida o’zaro anglashuv memorandumini imzolashga kelishildi.

     

     

     

     

Xalqaro bo’lim