Institutning farmatsiya fakulteti dekani O.I.Xudoyberdiev farmatsiya fakulteti 2 kurs talabalari o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etdi.
2019 yilda Toshkent farmatsevtika institutida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida institutining farmatsiya fakulteti dekani O.I.Xudoyberdiev 2019 yil 19 fevral kuni soat 14.00 da institutning katta faollar zalida farmatsiya fakultetining 2 kurs talabalari o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etdi.
Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi uning maqsad va vazifalarini talaba-yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish, qishgi yakuniy nazorat natijalari, talabalarning davomati, institut tartib qoidalariga muntazam rioya etish kabi masalalar muhokama qilindi. Shuningdek talabalarning oldidagi vazifalardan biri chet tilini yahshi o‘rganishi shu bilan bir qatorda mutaxassislik fanlarini mustahkam egallashi haqida ta’kidlandi. Muloqot jarayonida talabalar o’rtasida jinoyatchilikga qarshi kurashish, huquqbuzarlik holatlarining oldini olish, huquqiy madaniyatni yanada shakllantirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlaar Mahkamasining 2015 yil 12 noyabrdagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish, va tranzit tarzida o‘tkazish tartibi, hamda ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratini takommillashtirish to‘g‘risida”gi 330-sonli qarorining mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi.Yig‘lishda jami 200 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.
Institut matbuot kotibi
N.L.Usmanova