“Analitik kimyo” kafedrasi tomonidan ochiq ma’ruza o’tkazildi.
2018-yil 15-mart kuni 127-ma’ruza xonasida Toshkent farmatsevtika instituti “Analitik kimyo” kafedrasi, farmatsiya yo‘nalishi 2-kurs II-oqim talabalari uchun Analitik kimyo fanidan dots. B.I.Muxamedova “Permanganatometriya. Usul mohiyati, titranti. Titrlash sharoiti. Tahlilda qo’llanilishi.” mavzuda ochiq ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Ma’ruzada UzMU kimyo fakulteti Analitik kafedrasi dotsenti N.I.Qutlimurodova, “Analitik kimyo” kafedrasi mudiri dos. M.Fatxullayeva, o’quv bo’limi uslubchisi G. Jalilova va kafedra professor-o‘qituvchilar va qatnashdilar.
Кафедра мудири : доц. М. Фатхуллаева