“Odam savdosiga qarshi birgalikda kurashamiz” tadbir bo’lib o’tdi.

13.02.2019, 17:32 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2242

   Bugungi kunga kelib asrimizning jiddiy muammosiga aylangan odam savdosiga qarshi kurash xalqaro, mintaqaviy, ko‘p va ikki tomonlama munosabatlarni talab etmoqda. Hozirga qadar jinoyatchilikning ushbu turiga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir qator xalqaro tavsiyaviy va majburiy xarakteriga ega hujjatlari qabul qilingan bo‘lib, ular doirasida ushbu xavfga qarshi dunyo miqyosida tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 13-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanib, ularga ko‘ra, inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa dahlsiz huquqlari oliy qadriyat xisoblanadi. Bugungi kunda aholi migratsiyasi, shu jumladan, mamlakat tashqarisida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish maqsadidagi migratsiya jahon ko‘lamidagi voqelik bo‘lib, o‘zining ko‘pgina ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy oqibatlarni ham keltirib chiqarmoqda. O‘zbekiston Prezidentining 2008 yil 8 iyuldagi “Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha choralar to‘g‘risida”gi qaroriga asoslangan holda 2019 yil 12 fevral kuni soat 15.00 da Toshkent farmasevtika institutining katta faollar zalida “Biz Odam savdosiga qarshi birgalikda kurashamiz” hamda Noorganik, fizika va kalloid kimyo kafedrasining kafedra kuni  mavzusi Farmasevtika sohasida amalga oshirilgan islohotlar ijrosining ta’minlanishi va kelgusi istiqbollari” mavzularida tadbir tashkil etildi. Mazkur tadbir Noorganik, fizika va kalloid kimyo kafedrasi, institut tarbiyachi pedagogi N.Yusupova, murabbiylar kengashi raisi N.Salimsakova, yoshlar bilan ishlash-ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tashabbusi bilan tashkil etildi. Mazkur tadbirni institut ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i K.Cho‘lponov kirish so‘zi bilan ochib berdi va mavzu yuzasidan talabalarga tushunchalar berib o‘tdi. Shuningdek Noorganik, fizika va kalloid kimyo kafedrasi kafedrasi mudiri Sharipov A.T “Yoshlar orasida jinoyatchilik”, murabbiylar kengashi raisi N.Salimsakova “Odam savdosiga qarshi birgalikda kurashamiz”, Toshkent shahar Mirobod tumani IIO FMB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘limi tezkor vakili Tursunov Sirojiddin “Odam savdosining oldini olishda yoshlar faolligi”, Toshkent Davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi va kriminalogiya” kafedrasi o‘qituvchisi To‘rabaeva Ziyoda “Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni kelib chiqish sabablari” mavzularida ma’ruzalar o‘qidilar. Tadbirda jami 200 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

     

     

 

Institut matbuot  kotibi N.L.Usmanova