Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti  kafedrasi professor-o’qituvchilari va institut talabalari, Sirg’ali tumanida joylashgan 33-sonli ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabda uyushtirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

13.02.2019, 12:45 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2272

2019-yil, 12-fevral kuni Toshkent farmatsevtika isntituti Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti  kafedrasi professor-o’qituvchilari va institut talabalari  O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi Sirg’ali tumanida joylashgan 33-sonli ixtisoslashtirilgan yordamchi maktabda uyushtirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirni tashkil qilishdi. Tadbirda Sirg’ali 33-sonli ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab pedagog hodimlar hamda ushbu maktabning o’quvchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda 9-fevral Alisher Navoiyning  578-yilligiga  hamda 14-fevral Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 536- yilligiga tadbir bag’ishlab o’tkazildi. O’quvchi bolalar tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari, Alisher Navoiy va   Zahiriddin Muhammad Bobur she’r va g’azallari yod olinib turli sahnali tomoshalar ommaga taqdim etildi. Maktab pedagoglari, o’quvchilar hamda talabalar tadbirda maroqli hordiq chiqarishdi.

     

Ushbu  ma’naviy tadbirni yanada maroqli o’kazish  maqsadida  maktabning o’quvchilariga DVSSM kafedrasi assistentlari K.R. Ramazonova va U.G’.Mustafaevlar hamda Sanoat farmatsiya fakulteti, biotexnologiya yo’nalishi 401-A va B guruh talabalari tomonidan turli hil sovg’a-salomlar topshirildi.

Bundan keyingi bayramlarda tadbirlar yanada shukuhli va sermazmun o’tishini ta’minlash maqsadida rejalar tuzib olindi. Hamkorlik aloqalari doimo olib borilishi barcha tomonlardan yaxshi qabul qilindi.

DVSSM kafedrasi mudiri                                            F.S.Jalilov