Toshkent farmatsevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi hodimlari Toshkent Davlat Stomatologiya institutida Elsevier kompaniyasining mintaqaviy direktori Igor Anatolevich Nikitin tomonidan CinicalKey tizimidan foydalanuvchilarga o‘tkazilgan treningda ishtirok etishdi.
O‘tgan davr mobaynida tibbiyot sohasini rivojlantirish va uni jahon standartlari darajasiga olib chiqish maqsadida davlatimiz tomonidan bir qancha ishlar amalga oshirildi. 2019 yil Prezidentimiz tomonidan – Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili, deb e’lon qilinishi bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish va rivojlanishini yuqori cho‘qqisiga chiqarishga turtki bo‘ldi.
Jumladan, tibbiyot sohasini modernizatsiya qilish, bu borada investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, tibbiy ta’lim va kadrlar tayyorlash hamda boshqaruv sohasida axborot tizimini rivojlantirish bo‘yicha tajriba almashish kabi yo‘nalishlarda faol hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Shunga ko‘ra, tibbiyot ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari o‘rtasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim sohasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.
Elsevier kompaniyasi ko‘p yillik tajribaga ega yirik kompaniya bo‘lib, Yevropa, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerikaning ko‘plab mamlakatlari hukumati bilan hamkorlik olib boradi hamda bu kompaniyaning ClinicalKey platformasi sog‘liqni saqlash milliy tizimini takomillashtirishiga yordam beradi. Ushbu kompaniyaning tibbiyot sohasidagi kitoblari, ilmiy maqolalari, klinik protokollari, multimedia mahsulotlari dunyoning ko‘plab mamlakatlari tibbiyot sohasining milliy standarti sifatida e’tirof etiladi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi Elsevier xorijiy kompaniyasi bilan hamkorlik o‘rnatdi. Hamkorlik aloqalarini mustahkamlash borasida Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi tibbiyot bosh boshqarmasi hamda Elsevier kompaniyasi o‘rtasida memorandum imzolandi. Ushbu memorandum doirasida 100 nafar o‘zbekistonlik shifokor mutaxassislarga Elsevier kompaniyasining Clinicalkey platformasidan 6 oy bepul foydalanish uchun imkoniyat yaratildi. Hamkorlik memorandumini imzolanishi natijasida Elsevier kompaniyasining ClinicalKey platformasi O‘zbekiston Respublikasining tibbiyot sohasidagi quyidagi vazifalarini yechishda yordam beradi:
– Mamlakatimizdagi tibbiyot xodimlarini dalillarga asoslangan tibbiyotning eng zamonaviy ma’lumotlari bilan ta’minlash;
– Sog‘liqni saqlash tizimida o‘zgaruvchanlikni pasaytirish orqali tibbiy xatoliklarni kamaytirish, bir tashxis bilan qayta-qayta shifoxonaga murojaatni kamayish hamda keraksiz tekshiruv va muolajalar sonini qisqartirish.
ClinicalKey – bu klinik qaror qabul qilishga yordam beruvchi tizimdir. U har qanday paytda va har qanaqa qurilmadan bir zumda kerakli klinik ma’lumotlarni topish va eng qisqa vaqtda to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi.
ClinicalKey platformasining asosiy xususiyatlari:
- 600 dan ortiq tibbiy jurnallar bazasi
- MEDLINE tizimining to‘liq indeksatsiya qilinganligi
- TopicPagesning 1400 bo‘limlari
- 1.100+ tibbiy kitoblar
- 22.000+ videolar
- 2.500.000 tasvirlar
- Turli xil klinik tadqiqotlar
- 4.500+ klinik protokollar
- 350+ muolajalar
- Lancet jurnalining barcha sonlari
- Foydalanuvchi interfeysining turli tillarda mavjudligi
- iPhone va Android uchun bepul ilova
- Kitoblar boblari va maqolalarini offlayn o‘qish uchun yuklab olish imkoniyati.
- Power Point prezentatsiyalarini avtomatik yaratish.
- Ma’lumotlar omborining har 24 soatda yangilanib turishi.
Ta’kidlab o‘tish joizki, Elsevier kompaniyasining ClinicalKey platformasi shifokorlar uchun dalillarga asoslangan tibbiy ma’lumotlarni o‘zida saqlagan jahon miqyosidagi yetakchilardan biri hisoblanadi.
Mazkur memorandum doirasidagi ishlarni amalga oshirish yuzasidan mamlakatimizdagi akkauntlar ochilgan 100 nafar shifokorga platformadan foydalanishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompaniyaning mintaqaviy direktori Igor Nikitin joriy yilning 4-6 fevral kunlari poytaxtimizda bo‘lib, CinicalKey tizimidan foydalanuvchi shifokorlarga trening va tadbirlar o‘tkazdi. Bunday treninglarni tashkil etish esa shifokorlar faoliyati uchun juda muhimdir.
Toshkent farmasevtika institutining farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasining hodimlari Fayzieva Z.T. va Sultanova R.X. CinicalKey sistemasidan foydalanish ikoniga ega bo‘lishdi va treningda qatnashishdi. Bu sistema orqali kerakli klinik axborotlarini turli vaqtda, har qananday qurilmadan bir zumda kerakli klinik ma’lumotlarni topish va ilmiy-uquv jarayonda foydalanishga imkon beradi. Chunki to‘g‘ri va isbotlangan tibbiyot Toshkent farmasevtika instituti talabalarini ilmiy salohiyatni rivojlanishiga zamin yaratadi. Bu sistemaning ma’lumotlarini yangi dori vositalarning izlanishida solishtirishda ishlatish ham qo‘l keladi.
Farmakologiya va klinik farmatsiyasi kafedrasi