O’quv va tarbiyaviy ishlar bo’yicha prorektori Z.A.Yuldashev bilan farmatsiya fakulteti 2 kurs talabalari o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi.
Toshkent farmatsevtika institutida 2019 yilda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda Toshkent farmasevtika instituti rektori va prorektorlarining talabalar bilan o‘tkazadigan ochiq muloqotlar jadvaliga muvofiq 2019 yil 8 fevral kuni soat: 10-00 da institut kichik faollar zalida institut rektori v.v.b. Z.A.Yuldoshev bilan Farmatsiya fakulteti 2 kurs talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi maqsad va vazifalarini talaba-yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilishga bag‘ishlab ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot jarayonida institut rektori v.v.b. Z.A.Yuldoshev mavzuga oid qiziqarli ma’lumotlar berib o‘tdi va talabalarning fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashildi. Shuningdek, muloqot jarayonida talabalarning davomati, o‘zlashtirish ko‘rsatgichlari, jinoyatchilik, huquqbuzarlik holatlarining oldini olish, huquqiy madaniyatni yanada shakllantirish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlaar Mahkamasining 2015 yil 12 noyabrdagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish, va tranzit tarzida o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratini takommillashtirish to‘g‘risida”gi 330-sonli qarorining mazmun-mohiyati bilan talabalar tanishtirildi. Jami ishtirokchilar soni 200 nafarni tashkil etdi.
Yoshlar bilan ishlash, Ma’naviyat va ma’rifat bo’lim boshlig’i N.X.Ashurova
Institut matbuot kotibi
N.L.Usmanova