Alisher Navoiy asarlarida yoshlar ta’lim tarbiyasi.

07.02.2019, 17:21 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2792

Butun turkiy tillar xalqlarining  Alisher Navoiyning “Shams ul-millat” — millat quyoshi deb hamma davrlarda e’zoz bilan tilga oladi. Butun umrini turkiy til mavqeyini ko‘tarish, turkiy adabiyot imkoniyat-larini dunyoga tan oldirish, turkiy davlatchilik asoslarini mustahkamlashga, jamiyatda haqiqat va adolat mezonlarini qaror toptirishga bag‘ishlagan bobokalonimiz bu e’tirofga to‘la-to‘kis munosib va haqlidir. U haqidagi biografik ma’lumotlar, yozgan ishlarining deyarli barchasi to‘liq saqlanib qolgan. Xalq ichida bu zotning hayoti va faoliyati bilan bog‘liq rivoyat va afsonalar ham talaygina. Chunki odamlar o‘zlariga va kelgusi avlodga yashash tarzi, qilmishlari ibrat, aytmish va yozmish so‘zlari haqiqat bo‘lgan zotlar to‘g‘risida ham hurmat, ham hikmat ma’nosida mana shunday og‘zaki ijod namunalarini to‘qib oladilar.
Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Xuroson o‘lkasining poytahti Hirotda tug‘ildi. Zamondoshlari uni “Nizomiddin Mir Alisher” deb ulug‘laganlar. “Nizomiddin” — din nizomi deganidir. Ko‘pincha, mansab egalariga nisbatan aytilgan “mir” — amir demakdir. Chunki u Husayn Boyqaro saroyidagi eng nufuzli amir bo‘lgan. Alisher bolalikdan ma’rifatli oila muhitida tarbiya topdi. Yurtimizdagi barcha OTMlarda  Alisher Navoiyning tavallud kuni keng nishonlanib kelmoqda. Jumladan 2019 yil 6 fevral kuni Toshkent farmasevtika  institutining  katta faollar zalida soat 15.00 da “Alisher Navoiy asarlarida yoshlar ta’lim-tarbiyasi”, “Biz buyuk  ajdodlar vorislarimiz” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir institut yoshlar bilan ishlash-ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, institut tarbiyachi pedagogi N.Yunusova, institut psixologi S.Azlarova hamda tillar kafedrasi hodimlari tashabbusi bilan tashkillashtirildi.

Mazkur yig‘lishni institut sanoat-farmatsiyasi dekani X.Sh.Ilxomov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tillar kafedrasi mudiri S.To’ychiyeva “Biz buyuk  ajdodlar vorislarimiz” mavzusida ma’ruza o‘qidi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston xizmat ko‘rsatgan jurnalist, yozuvchi Ashurali Jo‘raev “Alisher Navoiy asarlarida yoshlar ta’lim tarbiyasi” mavzusida ma’lumotlar berdi. Shuningdek Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti talabalarining  badiiy chiqishlari  namoyish etildi.

Tadbirda jami 200 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.

                                                  Institut  matbuot  kotibi   N.L.Usmanova