Oliy ta’lim tizimidagi ayollarning liderlik qobiliyatlari xalqaro tajriba asosida rivojlantiriladi

31.01.2019, 16:49 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2103

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorligida “Oliy ta’lim sohasidagi rahbar ayollarning liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazilmoqda.

Unda Buyuk Britaniyaning oliy ta’limda boshqaruv va liderlik masalalari bilan shug‘ullanuvchi Advance HE tashkiloti bosh ijrochi direktori Alison Jons hamda ekspert Djo Shaffer ishtirok etmoqda.

Britaniyalik ekspertlar ta’lim sohasidagi ayollarda liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirish va zamonaviy boshqaruv modellari bo‘yicha mahorat darslari, interaktiv muhokamalar o‘tkazishdi.