Farmasevtik kimyo kafedrasida, Janubiy Qozog’iston Tibbiyot akademiyasi talabalari amaliyoti muvoffaqiyatli yakunlandi.

22.01.2019, 10:06 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2395

Farmatsevtik kimyo kafedrasiga amaliyot o‘tash uchun tashrif buyurgan bir guruh, Janubiy Qozog’iston Tibbiyot akademiyasi talabalari amaliyoti farmatsevtik kimyo kafedrasi, Institut qoshidagi Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish Agentligi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiyot texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK laboratoriyalarida kafedra professor o‘qituvchilari tomonidan olib borildi. Talabalar laborato-riyalarda yaratilgan sharoitdan unumli foydalanib tasdiqlangan reja asosida o‘z amaliy ishlarini bajarishdi va amaliyot yakunidagi yozilgan o‘z hisobotlarini amaliyot rahbarlariga muvoffaqiyatli topshirishdilar.

Institut rahbariyati Rektor v.b. professor Z.O. Yuldashev va farmatsevtik kimyo kafedrasi mudiri X.Q.Olimovlar tomonidan talabalarni amaliyotni muvofaqqiyatli tugatishgani munosabati bilan tabrikladilar va keyingi faoliyatlariga omad tiladilar.

     

O‘z navbatida talabalar ham Toshkent farmatsevtika instituti rahbariyatiga, xususan Farmatsevtik kimyo kafedrasi xodimlariga o‘z minnatdorichiliklarini bildirishdi.

Shuningdek talabalarni, institut o‘quv ishlari bo‘limi boshlig‘i N.A.Abzalova tomonidan ham amaliyotni a’lo darajada yakunlaganliklari munosabati bilan tabriklab o‘z fikrlarini aytib o‘tildi.

     

Janubiy Qozog’iston Tibbiyot akademiyasi talabalari amaliyoti tugashi yig‘ilishida Farmatsevtik kimyo kafedrasi mudiri, dotsent X.Q.Olimov va kafedraning yetakchi professor-o‘qituvchisi dotsent A.Q.Saidvalievlar tomonidan talabalarga estalik sovg‘alari ulashildi.