“Tinchlik-eng oliy ne’mat”, “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 yanvardagi 87-03-283-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida Toshken farmatsevtika instituti professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida “Tinchlik –eng oliy ne’mat”, “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, ularni turli ekstremistik oqimlarga qo‘shilib ketishining oldini olish, yoshlarni dunyoviylik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bugungi kunda yon atrofimizda ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, «ommaviy madaniyat», din va vijdon erkinligi to‘g‘risida to‘xtalib talabalarga tushuncha berishdan iborat. Hozirgi kunda ayrim yoshlarimiz bilib bilmay o‘zga g‘oyalar ta’siriga tushib qolmoqda. Yoshlarimizni vatanparvarlik, vatanga sadoqat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lishi, odamiylik ruhida tarbiyalash har birimizning eng oliy maqsadimizdir.
Tadbirni institut o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektori Yuldashev Zokirjon Abidovich hamda farmatsiya fakulteti dekani O.I.Xudoyberdiev kirish so‘zi bilan ochib mavzu yuzasidan ma’lumotlar berdilar.
Shuningdek tadbirni Toshkent shahar Mirobod tumani bosh Imomi Odil Xolmurodov “Islomda ekstremizm va terrorizmga o‘rin yo‘q”, Toshkent shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi terrorizm va ekstremizmga qarshi qarshi kurashish boshqarmasi mutaxassisi Shukurov Abduvohid Xurramovich “Tinchlik –eng oliy ne’mat” mavzularidagi ma’ruzalari bilan davom ettirdilar. Tadbirda jami 200 nafar talabalarning ishtiroki ta’minlandi.
Mazkur tadbir “Yoshlar” telekanalining “Davr” informatsion daturi va institut veb saytida yortildi.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova