Xorijda ta’lim olish va ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun grantlar.

12.01.2019, 18:06 Institut yangiliklari, Xalqaro yangiliklar, Yangiliklar 2304

Vengriya Hukumati talabalar magistrlar, doktorantlar va OTM ma’muriyati xodimlar uchun grant dasturini e’lon qildi.

Grant mablag‘lari 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab ajratiladi hamda unga o‘qish va yashash uchun to‘lovlar, oylik stipendiya va tibbiy sug‘urta kiradi.

Onlayn ariza topshirishning oxirgi muddati: 2019 yil 15 yanvar

Ruminiya OTMlarida 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab magistratura va doktoranturada grant asosida o‘qish uchun tanlov e’lon qilinadi.

Grant  dasturi davomida nomzodlar bepul o‘qish va talabalar turar joyida yashash, oylik stipendiyalar (magistrlar uchun 75 yevro, doktorantlar uchun 85 yevro) bilan ta’minlanadi.

Ta’lim rumin tilida olib boriladi. Rumin tilini bilmaydigan nomzodlar uchun bir yillik til o‘rganish kurslari taklif etiladi.

Batafsil ma’lumot uchun:

http://www.mae.ro/en/node/10251

http://www.stipendiumhungaricum.hu

 

Institut matbuot kotibi            N.L.Usmanova