“Scopus” va “Science Direct” nima?

11.01.2019, 16:04 Institut yangiliklari, Yangiliklar 4267

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 martdagi “Xalqaro Rivojlantirish Assotsiatsiyasi ishtirokidagi oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2848-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent Farmatsevtika institutida “Scopus va Sciense Direct xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasidan foydalanish va ilmiy maqolalarni yuqori impakt-faktorga ega jurnallarda chop etish ishlari amalga oshirilmoqda. Ushbu vazifalarni 2 oy davomida ARM xizmat ko‘rsatish bo‘limi mudiri  Sotvoldieva Barno bajardi. U institutda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodim va yosh olim izlanuvchilarga   “Scopus” va “Science Direct”  nima? Sciense Directning  afzalikklari, Sciense Direct ma’lumotlar bazasidan  “Nanomaterials”ni izlash , ushbu jarayonni optimallashtirish, Sciense Direct  va  Scopus atamalarining mazmuni, ishlash tizimi va ma’lumotlarni joylash bo‘yicha kafedralarga amaliy yordam berib,  ushbu ma’lumotlar bazasiga a`z o bo`lishlariga ko`maklashdi.

“Scopus” ilmiy ma’lumotlar bazasi ilmiy nashrlar va iqtiboslar keltirish, “Science Direct” ma’lumotlar bazasi esa ilmiy nashrlarni tarqatish tizimini rivojlantiradi,  ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy markazlarning tadqiqotchilari, doktorantlar, yosh olimlar va o‘qituvchilarni axborot bilan ta’minlash va qo‘llab-quvvatlashdan iboratligi, ilmning turli sohalarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish, ta’lim jarayoni sifatini yanada yaxshilash, xalqaro qidiruv tizimidan to‘g‘ri va unumli foydalanishni bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etadi.

Sotvoldieva B.  bugungi  zamonaviy dunyoda mavjud bo‘lgan xalqaro qidiruv tizimlari haqida batafsil tushuntirib, Scopus va Sciense Direct kabi tushunchalarning keng miqyosda qo‘llanilayotganini alohida ta’kidlab, ularning asosiy xususiyatlari, elektron qidiruvining ishlash jarayonining ketma-ketlikda ko‘rsatib  o‘tdi.

     

     

Axborot resurs markazi