Talabalarning qishki ta’tili davomida institut professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Halqaro hamkorlik borasida islohotlar” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda ta’lim sohasidagi islohotlarning amalga oshirilishi, o‘qitishning mazmun va mohiyatini tubdan yangilashda o‘tgan qisqa ikki yil ichida ta’lim islohotlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, nutqlari hamda normativ me’yoriy-xuquqiy xujjatlarining mazmuni, mohiyati va ahamiyatini Respublika oliy ta’lim muassasa professor-o‘qituvchilari ongiga singdirish hamda OO‘MTVning 2019 yil 3 yanvardagi 87-03-01-sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida seminar-treninglar tashkil etib borilmoqda.
2019 yil 8 yanvar kuni Toshkent farmatsevtika institutining katta faollar zalida “Halqaro hamkorlik borasida islohotlar” mavzusida o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Farmasevtlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti, Farmakognoziya va Dori vositalarini standartlash kafedrasi dotsenti N.A.Abduraxmonova “Pekin shahrida rivojlanayotgan mamlakatlar uchun dori vositalarining sifatini nazorat qilish” mavzusi bo‘yicha ma’lumot berdi.
Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi katta o‘qituvchisi R.X.Sultonova (National institute of pharmaceutical education Hindiston milliy farmatsevtik ta’lim institutida malaka oshirish kursida orttirilgan tajriba va malakalarni Toshkent farmasevtika institutida tadbiq etish usullari” mavzusida ,Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i N.T.Farmonova Sochi, Roza Xutor shahrida bo‘lib o‘tgan ““II Vcerossiyskiy sammit GXP” bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, yutuqlar va rejalar” , Dori turlari texnologiyasi kafedrasi mudiri , professor Yo.S.Karieva “Sankt-Peterburg Davlat kimyo-farmasevtika universiteti bilan qo‘shma fakultet tashkil etish vositalari mavzusida ma’lumotlar taqdim etdilar.
“Sankt-Peterburg Davlat kimyo-farmasevtika universitetida orttirilgan malaka va xalqaro tajriba asosida Farmasevtik texnologiya fanini takomillashtirish” mavzusi bo‘yicha “El yurt umidi” jamg‘armasi stipendianti, Dori vositalari sanoat texnologiyasi kafedrasi dotsenti v/b N.E.Mamatmusaeva, Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi boshlig‘i K.N.Nuridullaeva “Janubiy Qozog‘iston Respublikasi bilan hamkorlik rishtalarini o‘rnatish. Xorijiy talabalarni o‘qishga jalb etish” mavzusi yuzasidan, Dori turlari texnologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi A.S.Normuratov Xitoy Halq Respublikasi , Nanki shahrida bo‘lib o‘tgan “Dorivor o‘simliklar va ularning biofal ingredientlari” mavzusidagi VI-Xalqaro simpoziumda malakasini oshirish natijalari yuzasidan xisobotlarni taqdim etdilar.
Shu bilan bir qatorda Amaliy xorijiy til hamda axborot texnologiyalari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.
Seminar so‘ngida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish hamda uzluksiz ta’lim tizimi muassasalari xodimlarining ma’naviy-ma’rifiy masalalarida malakasini oshirish maqsadida mavzuga doir videoroliklar namoyish etildi.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova