Janubiy Qozog’iston Tibbiyot akademiyasi talabalarining amaliyot o‘tash uchun Farmatsevtik kimyo kafedrasiga tashrifi.
Toshkent farmatsevtika institutining farmatsevtik kimyo kafedrasi mudiri X.Q.Olimov va professor-o‘qituvchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3775-sonli “O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassalarining o‘zaro kelishuvi xamda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida talabalarni o‘qitishning tashkil etish va ikki tomonlama tan olinadigan diplom berish amaliyotini joriy etish” qarorlarini muayyan darajada bajarish maqsadida Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi va Institutimiz o‘rtasida 2018-yilda tuzilgan Memorandumga binoan, 2019-yil 4-yanvardan 18-yanvargacha bo‘lgan muddatda “Farmatsevtik va toksikologik kimyo” kafedrasining magistranti Mirsoatova Mohinur rahbarligida 5-kursning bir guruh talabalari,
1.Aqil Esem Mahmut qizi
2.Mamaraximova Ug‘iloy Nuriddin qizi
3.Anvar Ardaq Omirbek qizi
4.Raqimjan Janerke Jenibek qizi
5.Risqulbek Eygerim Talg‘at qizi
6.Temirbay Albina Temirbay qizi
7.Etem Balishma Bektemir qizi
8.Jarilkasin Altinay Nurlan qizi
9.Inayat Gulnaz Edilxan qizi
10.Mirzabay Aysha Eliardaq qizi
Farmatsevtik kimyo kafedrasiga amaliyot o‘tashga tashrif buyurdilar. Talabalarni farmatsevtik kimyo kafedrasi mudiri dotsent X.Q.Olimov tomonidan Institut va har bir kafedra faoliyati bilan tanishtirildi. Shuningdek birinchi dars jarayonida texnika xavfsizligi bo‘yicha laboratoriya mashg‘uloti o‘tilib, har bir talabaga tushuntirish berildi va kafedra professor o‘qituvchilari bilan yaqindan tanishtirilib, reja asosida har kunlik rahbar tayyorlanib. Institut qoshidagi Dori vositalarini standartlash ilmiy markazi laboratoriyasida amaliyot o‘tashlari uchun sharoit yaratildi.
Talabalar bilan texnika xavfsizligi bo‘yicha olib borilgan laboratoriya mashg‘ulotidan lavha.
Kafedra dotsenti A.D.Toshpulatova tomonidan “Dori vositalarini sifatini nazorat qilish va standartlashda, farmatsevt analitikning ish joyi va laboratoriya majburiyati” mavzusida olib borilayotgan laboratoriya mashg‘uloti
Talabalarni, dotsent X.Q.Olimov rahbarligida Axborot texnologiyalari markazida elektron adabiyotlar bilan tanishish jarayoni
Kafedra assistenti M.M.Hamdamov rahbarligida laboratoriyada “Me’yoriy texnik hujjatlar va sinov laboratoriyalarida DV standartlash, sifatini nazorat qilish” mavzusidagi laboratoriya mashg‘uloti qiziqarli olib borilmoqda.
Farmatsevtik kimyo kafedrasi