“Huquqiy savodxonlik” oyligi doirasida “Huquq va burch”, “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olishda oila, ta’lim muassasalarining o‘rni” mavzularida ochiq muloqot tashkil etildi.

19.12.2018, 16:00 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2818

Shubhasiz, huquqiy targ‘ibotni takomillashtirish, huquqiy ta’lim-tarbiyani yangi bosqichga ko‘tarish, uning sifatini tubdan yaxshilash bugungi kunning muhim vazifalaridan biriga aylandi.

Bu borada Toshkent farmasevtika institutida talaba-yoshlarning huquqiy savodxonligini  oshirish maqsadida dekabr oyi mobaynida “Huquqiy savodxonlik oyligi” o‘tkazib borilmoqda.

2018 yil 19 dekabr kuni soat 12.00 da  institut katta faollar zalida  institut  2 bosqich talabalari o‘rtasida “Huquqiy savodxonlik” oyligi doirasida “Huquq va burch”, “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlikning oldini olishda oila, ta’lim muassasalarining o‘rni”mavzularida  ochiq muloqot tashkil etildi. Mazkur yig‘ilishda o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha prorektor O.I.Xudoyberdiev  talabalar o‘rtasida mavzu yuzasidan tushuntirish ishlari olib bordi.

Mazkur ochiq muloqotlar tashkil etilishidan asosiy maqsad “Huquqiy savodxonlik oyligi” davomida yoshlarimizda Konstitutsiyamiz, uning normalari asosida qabul qilingan qonun hujjatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirishdir.

Shunday ekan “Huquqiy savodxonlik” mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan hayotbaxsh islohotlarning bir bo‘lagidir. Demak, odamlarning siyosiy faolligi va fuqarolik mas’­uliyatini oshirish masalasiga bugunning eng muhim vazifalaridan biri sifatida qaralayotgan ekan, bu ishga nafaqat “Hu­quqiy savodxonlik oyligi” davomida, balki har kuni mas’uliyat bilan yondashishimiz kerak.

Mazkur ochiq muloqotda jami 200 nafar talabalar ishtiroki ta’minlandi.

     

 

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova