Zangiota tibbiyot kolleji o‘qituvchilariga institut faoliyati yuzasidan master klass bo’lib o’tdi.

18.12.2018, 16:16 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3010

2018-yil 15-dekabr kuni soat 14-00da Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasida professor-o‘qituvchilari va Zangiota tibbiyot kolleji o‘qituvchilari xamkorlikda master klass tashkil etildi. Master klassda Zangiota tibbiyot kolleji o‘qituvchilari farmatsiya fanlari oqituvchisi Raximova Erkinoy, oftolmologiya fani o’qituvchisi Nabiyeva Surrayyo, terapiya fani o’qituvchisi Yakubova Dilnoza, Akusherlik va ginekologiya fani o’qituvchisi Sultonova Marxabo, LOR fani o’qituvchisi Suyarova Gulmira, terapiya fani o’qituvchisi Qo’shnazarova Roza, hamshiralik ishi asoslari o’qituvchisi Yusupova Go’zal hamda Toshkent farmatsevtika instituti Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasida professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Master klass davomida Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi mudiri F.S.Jalilov qiziqarli suhbat o’tkazdi.

    

Dori vositalarini standartlashtirish va

sifat menejmenti kafedrasi