“Chingiz Aytmatovning o‘chmas badiiy merosi” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

12.12.2018, 15:39 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2762

O‘zbekistonning ulkan do‘sti bo‘lgan buyuk ijodkor Chingiz Aytmatovga yuksak hurmat-ehtirom ramzi sifatida qardosh qirg‘iz xalqi bilan yaqin qo‘shnichilik va do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashda, adabiyot, madaniyat sohasidagi hamkorlikni kengaytirish muhim ahamiyatga ega.
Chingiz Aytmatov mintaqamiz tinchligi va osoyishtaligi, uning kelajagi va ravnaqi, xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlik va hamjihatlikni mustahkamlash, ularni turli ziddiyat va qarama-qarshiliklardan asrash yo‘lida fidokorona faoliyat olib bordi.         Uning “Jamila”, “Sarvqomat dilbarim”, “Bo‘tako‘z”, “Birinchi muallim”, “Momo yer”, “Somon yo‘li”, “Alvido, ey Gulsari”, “Oq kema”, “Sohil yoqalab chopayotgan olapar”, “Asrga tatigulik kun”, “Qiyomat”, “Kassandra tamg‘asi”, “Cho‘qqida qolgan ovchining ohu zori” kabi ko‘plab asarlari dunyoning qator tillariga tarjima qilinib, kitobxonlar e’tirofiga sazovor bo‘lgan.
Ayniqsa, xalqimiz uning asarlarini o‘zgacha mehr va qiziqish bilan qarshi oladi. Chunki ulug‘ adibning yurtimizga, xalqimizga bo‘lgan muhabbati, hurmati cheksiz va buyuk edi.

Atoqli yozuvchi o‘zbek adabiyoti va san’atining yirik namoyandalari bilan yaqin do‘st va ijodiy hamkor bo‘lgani yosh adiblarimiz uchun yuksak ibrat namunasidir.
Davlatimiz rahbarining “Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichda davom ettirish, xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy-adabiy aloqalarni yanada rivojlantirilayotganidan dalolatdir.
Qarorda Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash, “Chingiz Aytmatov va O‘zbekiston” nomli xotira kitobini nashrga tayyorlash va chop etish, Chingiz Aytmatov hayoti va ijodiy faoliyati haqida hujjatli film yaratish, yozuvchi asarlari asosida yangi spektakl sahnalashtirish va badiiy film suratga olish, Chingiz Aytmatov xotirasini abadiylashtirish maqsadida Toshkent shahrining markaziy ko‘chalaridan biriga adib nomini berish nazarda tutilgan. Shuningdek buyuk adib xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar barcha tashkilotlar, oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilmoqda. Jumladan 2018 yil 12 dekayur kuni soat 10.00 da Toshkent farmasevtika institutining kichik faollar zalida “Chingiz Aytmatovning o‘chmas badiiy merosi” mavzusida ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirni tillar kafedrasi mudiri S.M.To‘ychieva kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent R.Jumaniyazov “Chingiz Aytmatovning o‘chmas badiiy merosi” , A.Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti xotin-qizlar qo‘mitasi raisi filologiya fanlari nomzodi, dotsent G.A.Jo‘raeva “Chingiz Aytmatov va o‘zbek adabiyoti” mavzularida ma’ruzalar qilishdi.

Tadbirda jami 50 nafar talabalarning  ishtiroki ta’minlandi.

     

     

     

     

 

Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova