Majburiy tibbiy sug‘urtalash to‘g‘risida qonun loyiha ishlab chiqiladi.
2019-yil 1-iyulga qadar “Majburiy tibbiy sug‘urtalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqildi.
Prezidentimiz 2018-yil 7-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi, Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019-yil 1-iyulga qadar “Majburiy tibbiy sug‘urtalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlaydi.
Mazkur Qonun loyihasida quyidagilar nazarda tutiladi:
- majburiy tibbiy sug‘urtalashning huquqiy asoslari, mexanizmlari va joriy etish bosqichlari;
- majburiy tibbiy sug‘urtalash sub’ektlarini, ushbu sohadagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha vakolatli organni, ularning huquq va majburiyatlarini belgilash;
- majburiy tibbiy sug‘urtalash dasturlarini moliyalashtirish mablag‘larini shakllantirish manbalari;
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda ushbu Farmonni amalga oshirishda texnik ko‘makni ta’minlash, shu jumladan, majburiy tibbiy sug‘urtalashni joriy etish bo‘yicha tadbirlarni texnik-iqtisodiy asoslashni amalga oshirish uchun Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni tashkil etish choralarini ko‘rish.
Institut matbuot kotibi
N.L.Usmanova