Ota-onalar va institut o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi

08.12.2018, 18:51 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2322

2018-yil 7-dekabr kuni soat 1100da Sanoat farmatsiya fakulteti 206A va 206B guruh talabalarining ota-onalar majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisda institut rektori I.I.Alimdjanov, sanoat farmatsiyasi fakulteti dekani H.SH.Ilxomov, dekan muovini A.J.Rajapov, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Z.U.Mamatqulov, murabbiylar kengashi raisi N.S.Salimsakova, institut psixologi S.Azlarova va guruh murabbiysi N.Yusupovalar qatnashdi. Tadbirni institut rektori I.I.Alimdjanov kirish so‘zi bilan ochib berdi, jumladan hozirda sanoat farmatsiya yo‘nalishining dolzarbligi, bu sohadagi malakali kadrlarga talabning ortib borishi, ta’lim sifati yuzasidan o‘z fikr mulohazalarini bildirdi.

     

Shu bilan birga fakultet dekani H.Ilxomov tomonidan institutimizda olib borilayotgan islohatlar, talabalar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tildi.

     

So‘zni guruh murabbiysi N.Yusupova davom etib, “Odob-ahloq qoidalari” bilan ota-onalarni tanishtirdi. Suhbat davomida guruh talabalarining hozirda davomati va o‘zlashtirishi, talabalarning shu kungacha erishgan yutuqlari yuzasidan ma’lumotlar berib o‘tdi. Talabalarning ota-onalari bilan telegrammda guruh tashkil etilishi va bunga barcha ota-onalar jalb etilishi haqida murabbiy taklif kiritdi. Tadbir yakunida talabalarning ingliz tili fanidan tayyorlagan videoroliklari hamda shu kungacha yig‘ilgan guruh talabalari ishtirokidagi fotogalereyadan iborat slayd namoyish etildi. Majlisga tashrif buyurgan ota-onalar tadbir haqida o‘zlarining ijobiy fikrlari bildirib kelgusida institut va ota-onalar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida o‘z takliflarini bildirib o‘tishdi.

     

Talabalar turar joyi pedagog

tarbiyachisi N.E.Yusupova 

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova