Farmatsevtika ishini tashkil qilish kafedrasida ochiq amaliy mashg`ulot o`tkazildi.
2018-yil 29-noyabr kuni, 2-bino 70-auditoriya, soat 1200 da, 4-kurs 409-A guruh talabalari ishtirokida FITQ kafedrasi assistenti Rajabova Nargiza Xalimovnaning Farmatsevtika iqtisodiyoti fanidan “Mehnat va ish haqi hisobi” mavzusida ochiq amaliy mashg`uloti bo`lib o`tdi. Amaliy mashg`ulotda talabalar mehnatga haq to`lash shakllari, ish vaqtini hisobga olish tartibi, mehnatga haq to`lash tizimi, oylik maosh belgilash tartiblari va uni hisobga olish, mehnat ta`tili, xizmat safari va vaqtincha mehnatga layoqatsizligi bo`yicha nafaqa pulini hisoblash haqida nazariy bilimlarini mustahkamlab, amaliy ko`nikmaga ega bo`ldilar.
FITQ kafedrasi