O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati
Konstitutsiyamizda shaxs, jamiyat va davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy, madaniy-ma’rifiy, umuman barcha sohadagi asoslari mustahkamlab qo‘yilgan.Konstitutsiyamizning 26 yilligi munosabati bilan barcha oliy ta’lim muassasalarida tadbirlar tashkil etilmoqda hamda mazkur tadbirlar OAV larda yoritib borilmoqda. Jumladan Toshkent farmasevtika institutida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida tashkil etilgan tadbir “Yoshlar” radiosining “Davr” yangiliklari dasturida yoritildi.
Institut matbuot kotibi N.L.Usmanova