O‘zbekiston va Singapur hamkorligida “Aqlli shahar” loyihasi amalga oshiriladi.

28.11.2018, 22:21 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2117

Ўзбекистон ва Сингапур ҳамкорлигида “Ақлли шаҳар” лойиҳаси амалга оширилади

Avval xabar berganimizdek, mamlakatimizda turizm sanoatini rivojlantirish hamda turizm sohasiga xalqaro kompaniyalarni jalb etish maqsadida poytaxtimizda 19-21 noyabr kunlari Turizm sohasida birinchi xalqaro investitsiya forumi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitalari tomonidan mamlakatimiz Tashqi ishlar, Tashqi savdo vazirliklari hamda Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda tashkil qilingan tadbirda dunyoning 48 mamlakatdan 300 dan ziyod ishtirokchi qatnashdi. Forum doirasidagi tadbirlar mahalliy va dunyoning 15 mamlakatidan kelgan OAV vakillari tomonidan keng yoritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan Singapurning “Universal Success Enterprises” kompaniyasi o‘rtasida yurtimizda “Aqlli shahar” barpo etish bo‘yicha hamkorlik memorandumi imzolangani forum doirasida erishilgan muhim kelishuvlardan biri bo‘ldi.

Ma’lumot o‘rnida, “Universal Success Enterprises” kompaniyasi aqlli va sanoatlashgan shaharlar loyihalarini yaratish bo‘yicha dunyoda etakchilardan hisoblanadi. Hindistonda 152 gektar maydonda bunyod etilgan «Kolkata West International City» va 400 gektar hududda qad rostlagan «Dholera Special Investment Region» shaharlari ham ushbu kompaniya muhandislari tomonidan loyihalashtirilgan.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova