«Scopus Award-2018»: Yilning eng faol olimlari taqdirlandi.

24.11.2018, 15:50 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2192

Oliy va o‘rta  maxsus ta’lim vazirligi Elsevier nashriyot kompaniyasi bilan birgalikda dunyoning yirik ilmiy-tahliliy ma’lumotlar bazasi bo‘lgan Scopus statiskasi bo‘yicha o‘zbekistonlik yetakchi olimlarning nomlarini e’lon qildi.

“SCOPUS AWARD-2018” taqdirlanganlar:

  • “Researcher of the Year” («Yil olimi») nominatsiyasi – Dilshod To‘laganov (Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti), Temurbek Usmonov, Bobomurod Ahmedov (O‘zbekiston Fanlar akademiyasi);
  • “High Performance award” (Eng sermahsul OTM) nominatsiyasi – O‘zbekiston Milliy universiteti;
  • “Outstanding Research Impact Award” (Tadqiqotlarda erishgan ulkan natijasi uchun) nominatsiyasi – O‘zbekiston Fanlar akademiyasi;
  •  “Growth of the Year” (Yilning eng muvaffaqqiyatga erishgan OTM) nominatsiyasi – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;
  • “Breakthrough of the Year” (Yil kashfiyoti) nominatsiyasi – Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti;
  • “Library of the Year” (Yil kutubxonasi)  nominatsiyasi – Samarqand davlat universiteti;
  • “Contribution to Science” (Ilm rivojiga qo‘shgan hissasi uchun) nominatsiyasi –  Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti;
  • “Eng yosh olim” nominatsiyasi – Mirabbaos Xo‘jamberdiev;
  • “Women in Science” (Yil olimasi) nominatsiyasi – Shaxlo Turdiqulova.

Taqdirlash marosimida oltita fan kategoriyalarida ham eng yaxshi mualliflar aniqlandi:

  • Ibrohim Abdurahmnov (qishloq xo‘jaligi);
  • Olim Ro‘zimurodov (injiniring va texnologiya);
  • Raufxon Salaxodjaev (gumanitar fanlar);
  • Ulug‘bek Abdufattoev (tibbiyot);
  • Bahrom Umirov (tabiiy fanlar);
  • Xegay Tatyana (ijtimoiy fanlari).

Institut matbuot kotibi   N.L.Usmanova.