“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
1992-yil 8-dekabrda mustaqil O‘zbekistonning birinchi konstitutsiyasi har tomonlama umumxalq muhokamasidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan moddama modda ovoz berish yo‘li bilan qabul qilindi. Konstitutsiya O‘zbekiston xalqlarining irodasi, ruhi, ijtimoiy ongi va madaniyatini ifodaladi, davlat mustaqilligini e’lon qildi.
Konstitutsiya davlatning asosiy qonuni bo‘lib, uning muhim xususiyati shundaki, u davlat hayotining ma’lum bir tomonini, ijtimoiy munosabatlarning ma’lum bir tarmog‘i emas, balki muayyan jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlar tizimini va davlat tuzumining eng muhim eng asosiy tomonlarini huquqiy jihatdan mustahkamlaydi.
Konstitutsiyada joriy qonunlar chiqarilishi, davlat turli organlarining qonun yaratish sohasida ish olib borishi nazarda tutiladi. Konstitutsiya qonunlar va boshqa huquqiy aktlar kim tomonidan, qanday tartibda va qanday doirada chiqarilishini, ularning mazmuni qanday tamoyillarga javob berishi lozimligini belgilaydi.
2018-yil 22-noyabr soat 15-00da institut professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkaziladi. Mazkur tadbirni Toshkent farmasevtika instituti rektori Alimdjanov Ibrohim Inomovich kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbirga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy-texnika instituti professor-o‘qituvchilari tashrif buyurdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy-texnika instituti umumnazariy huquqiy fanlar kafedrasi boshlig‘i Turg‘unov Oybek Karimovich “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy-texnika instituti umumnazariy huquqiy fanlar kafedrasi boshliq o‘rinbosari, Zulfiqorov Sherzod Xurramovich “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” hamda Muxammadiev Ayubxon Abduraxmonovich “Konstitutsiya – huquq va erkinlik-larimiz kafolati” mavzularida, Nuridullaev Asliddin Axrorovich Konstitutsiya va qonun ustunligi” mavzularida ma’ruzalar o‘qishdi.
Tadbirda jami 200 nafar talabaning ishtiroki ta’minlandi.
Institut matbuot kotibi
N.L.Usmanova