DVS va SM kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Darakchi” nomli gazetada maqola chop etildi.

09.11.2018, 12:43 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2501

Toshkent Farmasevtika instituti Dori vositalarini standartlashtirish va sifat menejmenti kafedrasi assistenti Kamola Ramazonovaning “Kupivit preparati texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy ishi to‘g‘risida maqola  “Darakchi” gazetasida chop etildi.

Ulug‘ allomamiz Abu Ali ibn Sino davridan ma’lum bo‘lgan teri qavati pigmentatsiyasining buzilishi natijasida kelib chiqadigan patologiya – vitiligo kasalligi o‘zining ijtimoiy ahamiyati va muammosining dolzabrligi bilan muxim o‘rinni egallaydi. Bizga ma’lumki, vitiligo kasalligida terida melanotsitlar miqdorining kamayishi va melanogenez jarayoning buzilishi natijasida depigmentlangan dog‘larning paydo bo‘lishi kuzatiladi. Mazkur patologiyada bemorlarning teri qavatida tirozinni melaninga fermentativ oksidlanishida qatnashuvchi mis va rux mikroelementlarining tanqisligi aniqlangan. Vitiligoni kelib chiqishiga bir necha omillar sababligi bois, uni davolashda kompleks terapiya bilan bir qatorda maxalliy dori vositalarining qo‘llanilishi xam muxim ahamiyatni kasb etadi.