Sog‘liqni saqlash vazirligi xorijiy tajribani o‘rganish va malaka oshirishga yuborish uchun tanlov e’lon qiladi.

06.11.2018, 23:34 E'lonlar 2630

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentyabrdagi “Davlat tibbiyot tashkilotlarining tibbiyot kadrlarini qayta tayyorlash, ularning malakasi va kasb ko‘nikmalarini oshirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat tibbiyot tashkilotlarining tibbiyot kadrlarini xorijiy etakchi tibbiyot va ilmiy muassasalarga qayta tayyorlash hamda malaka oshirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va kasb ko‘nikmalarini oshirishga yuborish uchun joriy yilning 1-noyabridan 1-dekabriga qadar tanlov e’lon qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining axborot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar tibbiyot xodimi mehnat qilayotgan davlat tibbiyot tashkiloti kadrlar bo‘limi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari kadrlar bo‘limiga taqdim etiladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash boshqarmalari, Respublika va viloyatlar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorat markazlari tomonidan hujjatlar ixtisoslashtirilgan, ilmiy-amaliy tibbiyot markazlar, ilmiy tekshirish institutlari ishchi organiga taqdim etiladi.

Tanlovda ishtirok etuvchilar tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarni o‘rganib chiqish Sog‘liqni saqlash vazirining joriy yil 15-fevraldagi 98-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Davlat tibbiyot tashkilotlarining tibbiyot kadrlarini xorijiy etakchi tibbiyot va ilmiy muassasalarga qayta tayyorlash hamda malaka oshirishga yuborish uchun tanlov asosida tanlab olish, shuningdek, respublikaga etakchi xorijiy tibbiyot hamda ilmiy muassasalardan taklif etiladigan malakali xorijiy tibbiyot mutaxassislarining ro‘yxatini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Manba: uza.uz