“Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” insholar tanlovi g‘oliblari.
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari va prinsiplarini belgilashda bunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash masalasi qat’iy hisobga olingan.Korrupsiyaga aralashgan, bu jirkanch illatga qo‘l urgan odam uchun ulug‘ narsalar, mo‘tabar tuyg‘ularning qadri yo‘qoladi. Bunday odamlar hayotda hamma narsani sotib olish va sotish mumkin, deb o‘ylaydi. Ular hech kimga, imon-e’tiqodga ishonmaydi, ayni paytda bunday kimsalarga hayot uchun aziz sanaladigan hech narsani inonib bo‘lmaydi. Chunki ular ota-onasi, qarindosh-urug‘lari, yoru birodarlari, mahalla-ko‘yning yuzini yerga qaratishdan, boshini egishdan uyalmaydi.
Shu o‘rinda korrupsiyaga qarshi kurashish masalasining yana bir tomoniga e’tibor qaratsak. Nobop, «muomala qilish», «kelishish»ga moyil rahbar yoki boshqa bir mas’ul nafaqat tashkilotga, jamiyatga, ishchi-xodimlarga ziyon yetkazadi, balki bunday odam bilan tashkilotning, jamoaning, ayniqsa, yosh kadrlarning vaqti, umri behuda o‘tadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish yana shunisi bilan muhimki, mazkur jarayonlarda ishchi-xodimlar, qaytarish zarur, degan tushunchaga tayanib faoliyat yuritishni o‘rganadi. Har qanday vaziyatda mard odam, baribir, halol bo‘ladi, degan e’tiqodda sobit turadi.
Shu o‘rinda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyati, ijtimoiy faolligini yuksaltirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, shu jumladan yosh avlodni korrupsiyaga nisbatan murosasizlik ruhida tarbiyalash maqsadida Toshkent farmatsevtika institutida “Korrupsiya taraqqiyot kushandasi” nomli insholar tanlovi e’lon qilingan edi.
Ushbu insholar tanlovida institutning ko‘plab talabalari ishtirok etdilar. Ular orasidan 1-2 va 3 o‘rin g‘oliblari aniqlandi. Bular 1-o‘rinni Farmatsiya fakulteti 5-kurs 507-B guruh talabasi Abduxalikova Nargiza O‘ktamovna, 2- o‘rinni Nuriddinov Badriddin Fazliddin o‘g‘li Sanoat farmatsiyasi fakulteti biotexnologiya yo‘nalishi 1-kurs 101-A guruh talabasi, 3-o‘rinni Sindarov Nodirbek O‘ktam o‘g‘li, Sanoat farmatsiyasi fakulteti biotexnologiya yo‘nalishi 3-kurs 301-A guruh talabasi, tanlov g‘oliblari deb topildi. Mazkur tanlov g‘oliblarini chin dildan tabriklagan holda ilm olishga bo‘lgan shijoatingiz hech qachon so‘nmasin deb qolamiz.
Institut matbuot kotibi
N.L.Usmanova