I-bosqich talabalarida moslashuvchanlik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan psixologik treninglar

22.10.2018, 18:00 Institut yangiliklari, Yangiliklar 3200

Trening so‘zi ingliz tildan olingan bo‘lib, o‘yin, mashq degan ma’noni anglatadi. Uning afzalligi insonlarga asosiy ta’sir, o‘yin va qiziqarli mashg‘ulotlar ko‘rinishida bo‘ladi.

XX-asr o‘rtalarida AQSh va yevropa davlatlardagi ommaviy depressiya davrida insonlarda guruhiy muloqotga, ijobiy, ijtimoiy munosabatlarga ehtiyoj ortib ketadi. Shu vaqtda ilk trening guruhlari psixoterapevtlar tomonidan shakllantirila boshlangan. Guruxiy muolajalar va konsultatsiyalar ijobiy samara berishi hamda treningdagi vazifalarning o‘yinlar ko‘rinishida o‘tkazilishi, uning ommalashishi va psixologiyaning alohida yo‘nalishlaridan biri sifatida shakillanishiga sabab bo‘ldi.

     

Oliy ta’lim muassasasida samarali psixologik hizmatning yo‘lga qo‘yilishida psixologik treninglarning ahamiyati katta. Bunga  birinchi sabab son jihatidan ko‘proq apponentlarni qamrab olish imkoniyati bo‘lsa, ikkinchidan yosh jixatidan talabalarning trening mashg‘ulotlarini qabul qilishlari nisbatan osonligidadir. Shu maqsadda institut psixologi S.Azlarova tomonidan Sanoat farmatsiyasi fakultetining 101/A, 101/V, 105/A, 105/B, 107/A va107/B guruhlarining talabalarida ijobiy adaptatsion  mexanizmlarni   hamda o‘quv motivlarini  rivojlantirishga  qaratilgan trening tashkil etildi. Guruhlarda o‘tkazilgan treningda talabalarning moslashuvchanlik xususiyatlarini psixodiagnostika qilish maqsadida proyektiv metodikalar o‘tkazildi. O‘tkazilgan metodikalar amaliyot jarayonining o‘zida tahlil qilinib, olingan ayrim javoblar talabalarga berildi. Treningda talabalarning guruh murabbiylari ham ishtirok etishdi.

     

Institut psixologi

S.A.Azlyarova

Institut  matbuot kotibi

N.L.Usmanova