Farmasevtik texnologiya fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari DTT kafedrasining filialida olib borilmoqda.

17.10.2018, 18:03 Institut yangiliklari, Yangiliklar 2465

2018-yil 17-oktabr kunidan boshlab Toshkent farmasevtika instituti “Dori turlari texnologiyasi” kafedrasi “Farmasevtik texnologiya” fanidan “Suvli eritmalar. Qiyin eriydigan va kompleks birikma hosil qiladigan moddalardan eritmalar tayyorlashni o‘ziga xos tomonlari” mavzusidagi laboratoriya mashg‘ulotlarini “Afsonak 63” xususiy dorixonasida DTT kafedrasining filialida olib borilishi yo‘lga ko‘yildi. Mazkur mashg‘ulot institut “Farmatsiya” fakulteti farmatsiya yo‘nalishi 3-kurs 310A-guruh talabalari DTT kafedrasi assistenti M.A.Tashmuxamedova boshchiligida olib borildi. Mashg‘ulot jarayonida  konsentrlangan eritmalarni suyultirish va quyultirish texnologiyasi bo‘yicha talabalar tomonidan amaliy ishlar olib borildi va ular o‘rtasida amaliy ko‘nikmalar shakllandi.