Toshkent farmasevtika institutida “Yil talabasi” tanlovini tashkil etish joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashining 2018-yil 22-yanvarda tasdiqlangan 1-son bayoni (23.01.2018 y., 01-07/1-3305) 1-ilovasidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida yoshlar siyosati sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar Dasturi”ning 39-bandida belgilangan vazifalar va institutda tahsil olayotgan talabalarda tashabbuskorlik hamda vatanparvarlik fazilatlari, o‘z kasbini sevish, ilm-fanga ishtiyoq hamda yurt kelajagiga daxldorlik tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadi ilgari surildi. Ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish maqsadida chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Ushbu dasturga ko‘ra, «Yil talabasi» tanlovini joriy etish va uni har yili o‘tkazib borish belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo Kengashining 2018-yil 22-yanvarda tasdiqlangan 1-son bayoni hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 28-maydagi 471-son buyrug‘iga asosan institutda “Yil talabasi” tanlovi o‘tkazilmoqda.
Tanlov 5 ta nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:
- “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”
- “Yilning eng tashabbuskor talabasi”
- “Yilning ixtirochi talabasi”
- “Yilning sportchi talabasi”
- “Yilning ijodkor talabasi”
Tanlovning institut bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan talabalar tomonidan taqdim etilgan xujjatlar to‘plami tegishli fakultet dekanati tomonidan saralanadi va 2018-yil 15-oktabrga qadar hujjatlar to‘plami qog‘ozda va elektron shaklda tanlov kommissiyasiga ya’ni “Iqtidorli talabalar bilan ishlash” bo‘lim boshlig‘i Malikova Gulchexra Yuldashevnaga taqdim etiladi.
Tanlov ishtirokchilari quyidagi xujjatlarni taqdim etishlari kerak:
- Tanlov ishtirokchisining qobiliyati, fanlarni o‘zlashtirish darajasi, yetakchilik qobiliyati,erishgan yutuqlari, darslardagi faol ishtiroki, talabalarga o‘rnak bo‘ladigan tomonlari va jamoat ishlaridagi faoliyati haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan ikki betdan oshmaydigan hajmdagi taqdimnoma;
- Tanlov ishtirokchisining fanlarni o‘zlashtirish natijalari aks etgan hujjatlar (baholarni qayd etish varaqalari,talabalrning baholarini o‘zlagtirish sinov daftarchasi) nusxalari;
- Tanlov ishtirokchisining nashr etilganilmiy, ilmiy-uslubiy,ijodiy ishlari, ularga tegishli mutaxassislardan olingan taqrizlar bilanbirga;
- Turli tadbirlar, tanlovlarda faxriy yorliqlar va diplomlar bilan taqdirlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nusxalari ilova qilinadi);
- Grantlarda ishtirok etganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, grantning nomi, moliyalashtirish hajmi,ishtirokchining shakli va darajasi ko‘rsatiladi;
- Konferensiyalardagi ishtiroki haqidagi ma’lumotlar, ularda maqomi va nomi, o‘tkazilgan joyi, shaxsan ishtirok etish darajasi (ma’ruzachi, tashkilotchi) ko‘rsatiladi;
- Hujjatlar to‘plamiga kiritilgan materiallar va axborotlarda tanlov ishtirokchisining institutga qabul qilingandan keyingi faoliyatiga doir ma’lumotlar;
Yuqorida keltirilgan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda har bir ishtirok suhbatdan o‘tadilar.
Ishtirok etishni hohlovchi talabalar tanlov Nizomiga asosan hujjatlar yig‘ma jildini shakllantirib, institutda tashkil etilgan tanlov komissiyasiga taqdim etishlari zarur. Institut bosqichida har bir nominatsiya bo‘yicha g‘olib bo‘lgan 1 nafardan, jami 5 nafar talabalar respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
Tanlovning respublika bosqichi har yili noyabr-dekabr oylarida o‘tkailadi.
Xurmatli ishtirokchilar, barchangizga tanlovda omad tilaymiz.
Institut matbuot kotibi
N.L.Usmanova