Toshkent farmasevtika instituti talabalar o‘rtasida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida ijodiy ishlar tanlov

09.10.2018, 20:44 E'lonlar 2602

Bugungi kun har bir insondan ogohlik va hushyorlikni talab etadi. O‘zgarishlar shuni ko‘rsatadiki, jamiyat taraqqiyotida shunday salbiy illatlar bo‘lib, ular davlatning iqtisodiy o‘sishiga  va rivojlanishiga, erkin fuqarolik jamiyatining shakllanishiga juda katta to‘siq hisoblanadi. Bunday illatlardan biri yoshlar o‘rtasida buzg‘unchi g‘oyalarni paydo bo‘lishidir. Yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligini ta’minlash, ularni turli ekstremistik oqimlarga qo‘shilib ketishining oldini olish maqsadida yurtimizda ko‘plab ishlar olib borilmoqda, bunga misol tariqasida O‘zbekiston Respublikasi vazirlar mahkamsining 2018-yil 12-martdagi bayoni bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasining 9-bandida belgilangan vazifalar hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018-yil 20-sentabrdagi 795-sonli buyrug‘ini olishimiz mumkin. Ushbu buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida institutda 2018-yil 24-sentabr kuni 717-sonli buyruq ishlab chiqildi va imzolandi. Bunga ko‘ra institut talabalari o‘rtasida “Biz yoshlar yurtimizga xizmat qilishda vijdonli, insofli va halol bo‘lishimiz shart” shiori ostida “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi sur’at”, “Eng yaxshi bayon” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov tashkil etildi. Tanlov tashkil etilishidan asosiy maqsad- yoshlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilimlarini yanada mutahkamlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, iqtidorli yoshlarni aniqlash, jamiyat hayotidagi ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularni o‘z iqtidorlarini va ijod maxsullarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish, shuningdek yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olishdan iborat.

Tanlov 3 ta nominatsiyada o‘tkaziladi: “Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi surat”, “Eng yaxshi bayon” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovga institutda tahsil olayotgan talabalar o‘zlarining ijodiy ishlari bilan ishtirok etadi. Tanlov institut talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi institut BT, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, “Murabbiylar” kengashi, fakultet dekanlari hamkorligida tashkil etiladi.Tanlov quyidagi vazifalar asosida o‘tkaziladi;

– yoshlar huquq va manfaatlarini har tomonlama himoya qilish, ularning jamiyat hayotida o‘z o‘rinlarini topishga ko‘maklashish ;

– yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularda qonunga itoatkorlik hissini kamol toptirish ;

– ijodkor yoshlarni izlab topish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish ;

– yosh avlodni har tomonlama sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash, o‘z iqtidorlarini namoyish etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda ularni qo‘llab-quvvatlash;

– ta’lim tizimida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga barham berishga erishish;

– yoshlarning korrupsiyaning salbiy oqibatlaridan xabardor etish va ushbu illatga nisbatan murosasizlikni vujudga keltirish.

“Eng yaxshi plakat”, “Eng yaxshi surat”, “Eng yaxshi bayon” nominatsiyalari bo‘yicha tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi.

Institut talabalari o‘rtasida joriy yil oktabr oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Birinchi bosqich – oktabr oyining birinchi, ikkinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Ikkinchi bosqich – oktabr oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Yakuniy  bosqich – respublika bosqichi noyabr oyida o‘tkaziladi. Tanlovning birinchi, ikkinchi bosqichlarini o‘tkazish bo‘yicha institut professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari, olimlar, jamoat tashkilotlari vakillaridan iborat tarkibda hakamlar Hay’ati tuziladi. Ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar hakamlar Hay’ati tomonidan tanlov shartlari va mezonlari asosida baholanadi hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar (har bir nominatsiya 1 nafar) mahalliy bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Tanlovning mahalliy bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar (har bir tuman (shahar) dan nominatsiyalar bo‘yicha 1 nafardan) hududiy bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Tanlovning institut bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar diplom va qimmatbaho sovg‘alari, shuningdek faol ishtirok etgan yoshlar fahriy yorliqlar bilan munosib ravishda taqdirlanadi.

Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari tashkilotchilar (vazirlik tizimi bo‘yicha) va homiylar mablag‘lari asosida tegishli tartibda rag‘batlantiriladi.

Mazkur tanlovda barcha talabalarning ishtirok etishlarini istagan holda, yuqori yutuqlarni qo‘lga kiriting deymiz. Qo‘shimcha ma’lumotlarni ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi (farmatsiya fakulteti binosi 16-xona)dan olishingiz mumkin.

Institut matbuot kotibi

N.L.Usmanova